• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Uy sharoitida dori-darmonlarsiz immunitetni mustahkamlashning 9 usuli

    Immunitet tizimi organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Agar u bo‘lmasa, inson doimo kasallikka chalinadi. Immunitet tizimiga turmush tarzi, yomon odatlar va gigiyena kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Immunitet holatini doimiy ravishda kuzatib borish kerak. Albatta, bugungi kunda juda ko‘p vitamin va qo‘shimchalar mavjud, ammo ulardan shifokor huzuriga tashrif buyurmasdan va qon tahlilini o‘tkazmasdan turib foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun immunitetni mustahkamlashni shifokor bilan maslahatlashuvni talab qilmaydigan va hamma uchun tasdiqlangan usullardan boshlashni taklif qilamiz.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Uyqu sifati

    Sog‘lom organizmga kuniga taxminan 7-10 soat uyqu kerak. Agar odam muntazam ravishda uxlamasa, u holda immunitet tizimining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ko‘p odamlar uyqularini kuzatishni boshlaganlarida tezroq tuzaladi. Yaxshi uyquning eng muhim elementlaridan biri bu melatonindir. Bu uyquni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydigan gormon. Gormon barcha muhim jarayonlarning o‘ziga xos regulyatori va stabilizatoridir, u organizmning yagona ritmda ishlashiga yordam beradi. Shuningdek, kundalik bioritmlar uchun javobgardir. Uyqu sog‘lom bo‘lishi uchun ma’lum bir vaqtda uxlash kerak, shu bilan birga, yorug‘lik va begona tovushlar bezovta qilmasligi kerak. Shuning uchun uyqu vaqtida niqob va quloqchinlardan foydalanish tavsiya etiladi.

    Toza suv

    Ko‘pchilik qanday suv ichishga ahamiyat bermaydi. Biroq bu omil salomatlikka jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, mineral shifobaxsh suv, agar kerak bo‘lsa, shifokor tomonidan tavsiya etilishi kerak, chunki u turli tuzlarni o‘z ichiga oladi. Bunday suvni o‘z-o‘zidan ko‘p miqdorda ichish yurak va jigar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, jo‘mrak suvini ham ichib bo‘lmaydi, chunki suv kanali qanchalik yaxshi tozalanmasin, u quvurlar orqali o‘tadi, undan barcha bakteriyalarni oladi. Bundan tashqari, tozalash texnikalari, hatto juda zamonaviylari ham, antibiotiklar va gormonlar kabi ba’zi muhim birikmalardan suvni to‘liq filtrlay olmaydi. Dori-darmonlarni tez-tez qabul qilish, hatto kichik dozalarda ham inson immunitetining pasayishiga olib kelishi mumkin. Eng yaxshi yechim laboratoriyada suvni tekshirish va tahlil paytida aniqlangan kamchiliklar asosida tanlangan maxsus filtrni o‘rnatish bo‘ladi. Suv filtri organizmni zararli moddalardan himoya va immunitet tizimini himoya qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.

    Sport

    Olimlar uzoq vaqt davomida harakatsiz turmush tarzi immunitet tizimiga zarar yetkazishini isbotladi. Faol jismoniy harakat bilan immunitet tizimi doimo mukammal ishlaydi. Buni har kuni qilish shart emas. Haftada bir necha soatni sportga bag‘ishlash uchun yetarli. Agar umuman vaqt bo‘lmasa, unda hech bo‘lmaganda ko‘proq yurish, liftdan kamroq foydalanish va har kuni oddiy mashqlarni bajarish kerak. Internetda 5-10 daqiqaga mo‘ljallangan juda ko‘p “dangasa” mashg‘ulotlar mavjud bo‘lib, ular ko‘p vaqt talab qilmaydi va tananing sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.

    Spirtli ichimliklar va chekishni rad etish

    Spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish yuqumli kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, etanol immunitet tizimining hujayralarini yo‘q qiladi, uning ishini sezilarli darajada buzadi. Albatta, ulardan birdaniga voz kechish qiyin. Biroq me’yorga rioya qilish kerak.

    Vaziyat chekish bilan o‘xshash. Bu yomon odatni butunlay tark etish kerak. Tamaki tutuni nafaqat immunitet tizimiga, balki barcha organlarga ham zarar yetkazadi. Sigaretalar yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini qo‘zg‘atadi va hujayralarga yetkazib berish uchun organizmga kiradigan kislorod miqdorini kamaytiradi. Bu nafaqat oddiy sigaretlarga, balki nikotinni o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlarga ham tegishli.

    Sog‘lom ovqatlanish

    Olimlar immunitet uchun foydali bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mahsulot mavjudligini isbotladi. Ko‘proq oqsilli mahsulotlar, jumladan, go‘sht, tuxum, loviya va boshqalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Biroq yog‘li ovqatlardan voz kechish kerak. Turli xil meva va sabzavotlar immunitet tizimiga yordam beradi, ayniqsa, sabzi, ismaloq, qovun, apelsin, greypfrut va sarimsoq ham. Bu mahsulotlarning barchasi immunitet tizimiga ham, butun organizmga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Quyosh nuri

    Bugungi kunda ko‘pchilik kunining asosiy qismini chiroq nurida o‘tkazayotganini sezmaydi. Ammo aynan quyosh nurlarining yetishmasligi ham immunitet tizimining faoliyatini jiddiy ravishda buzishi mumkin. Quyosh nuri nafaqat immunitet tizimini saqlab qoladi, balki stress, depressiya va hissiy beqarorlikka qarshi kurashda ham yordam beradi.

    Bundan tashqari, quyosh ostida organizmda D vitamini ishlab chiqariladi Shuning uchun qorong‘i xonadan xalos bo‘lib, imkon qadar tez-tez ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi. Qishda vitaminlar sotib olish yoki issiq mamlakatlarga sayohat qilish mumkin.

    Gigiyena qoidalari

    Oddiy kundalik gigiyenani unutgan odamlar ham ko‘pincha immunitet tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Shuning uchun qo‘lni muntazam yuvish, dush va hammom qabul qilish, kuniga ikki marta tishlarni yuvishni unutmaslik tavsiya etiladi. Gigiyena har doim eng foydali odat bo‘lib qoladi. Unga rioya qilmasdan, organizm tezda sog‘lig‘ini yo‘qotadi va turli virus va bakteriyalar hujum qilishni boshlaydi.

    Stressli vaziyatlar

    Tinch uxlashga xalaqit beradigan yana bir “muammo” stressdir. Stress har doim organizm va umumiy jismoniy holatga ta’sir qiladi. Barcha kasalliklar asabdan, degan ibora bejiz emas. Hissiy barqarorlik bo‘lmasa, organizm immunitet tizimining hujayralarini tez va oson yo‘q qiladigan gormon bo‘lgan kortizolni ortiqcha ishlab chiqarishni boshlaydi. Shuning uchun uy va ishda muammoli vaziyatlardan qochishga harakat qilish kerak.

    Ekologiya

    Uyni toza tutish lozim. Chunki uyda kasallikni paydo qiladigan chang va kir juda tez to‘planadi. Bularning barchasi, albatta, immunitet tizimiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, bugungi kunda xonalarda havoni tozalashga yordam beradigan ko‘plab texnik qurilmalar mavjud. Ulardan foydalanish ham immunitet tizimini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

    Mavzuga doir:

    • Bahor mavsumida organizm uchun kerak bo‘lgan vitamin va minerallar
    • Tongda energiyani qayerdan olish kerak? Kun davomida tetik bo‘lishga yordam beradigan 10 ta odat
    • Kuchli immunitet va nozik qomat: limon sharbatini ratsionga qo‘shish uchun 7 sabab

    06.04.2022, 15:33   Izoh (0)   30594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Stomatit nima va vaziyatni qanday yengillashtirish mumkin?

    06.04.2022, 12:37

    Hamma ayb o‘zimizda: yuz shishishiga olib keluvchi 5 yomon odat

    05.04.2022, 09:39

    Quruq va nam yo‘talni davolash uchun uy sharoitida ingalyatsiya retseptlari

    04.04.2022, 13:50

    Har kuni sut ichilganida organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

    04.04.2022, 11:27

    Shifokor pistaning 50 yoshdan oshgan odamlar uchun kutilmagan ta’sirini ma’lum qildi

    04.04.2022, 09:50

    Saratonga qarshi kurash: onkologlarning fikriga ko‘ra eng foydali hamda eng zararli mahsulotlar

    03.04.2022, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.