“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki bahsi doirasida “Atletiko” ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng fikr bildirdi.
Juda teng va juda qiyin o‘yin. “Atletiko” jamoaviy himoyalanish bo‘yicha usta bo‘lgan jamoa. Biz ularga hujum qilishga qochib ketishi uchun imkon bermadik va sabrli bo‘ldik.“Atletiko” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi javob o‘yini 14-aprel sanasida Madridda bo‘lib o‘tadi.Ular 5-3-2 sxemasida o‘ynaydi deb kutgandim, ammo “Atletiko” 5-5-0 ga o‘tib oldi.
Bugun ham, o‘tmishda ham, yuz ming yildan keyin ham 5-5-0 taktikasida o‘ynaydigan jamoaga qarshi hujum qilish juda qiyin bo‘ladi, chunki bo‘sh joyning o‘zi bo‘lmaydi.
Ular kuchliroq, biz esa kichik va yengilmiz. Bu sabr-toqat masalasi. Javob bahsi gol urilgandan keyin qanday o‘yin ko‘rsatilgan bo‘lsa, shunday kechadi, deb o‘ylayman. Bu juda teng o‘yin edi.
Bu o‘yindan saboq olgan holda, biroz yaxshiroq bo‘lishga harakat qilamiz.
Pep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
Izoh (0)