So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Kiyev viloyatida Rossiya qo‘shinlari qolmadi — Ukraina Mudofaa vazirligi

    03.04.2022, 11:50 47561

    Kiyev viloyatida Rossiya qo‘shinlari qolmadi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi. Malyarning qayd etishicha, endilikda Ukraina harbiylari tomonidan nazorat qilinayotgan aholi punktlari orasida Irpin, Bucha va Gostomel ham bor.

    Buchadagi ukrainalik harbiylar

    Buchadagi ukrainalik harbiylar
    Foto: Reuters

    Shu bilan birga vazirlik vakili mahalliy aholini minalardan tozalash jarayoni tugaguniga qadar ushbu aholi punktlariga qaytishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.

    Ukraina muzokarachilar jamoasi rahbari David Araxamiyaning ma’lum qilishicha, Rossiya Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina taklif qilgan tinchlik shartnomasi loyihasini og‘zaki qabul qildi, Qrim bo‘yicha taklif bundan mustasno.

    Araxamiyaning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hozir Moskva o‘z pozitsiyasini yozma ravishda tasdiqlashini kutmoqda. U shuningdek, hozirda bir guruh huquqshunoslar va diplomatlar hujjatlarning yakuniy variantlarini tayyorlayotganini aytdi.

    Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatiga ishora qilib, Araxamiya Rossiya kelishuv loyihalarini prezidentlar Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish uchun yetarli darajada ishlab chiqilgan deb hisoblayotganini aytdi.

    “Bizning vazifamiz — ko‘rib chiqilgan masalalarning yakuniy bosqichini tezroq ishlab chiqish va prezidentlarning ehtimoliy uchrashuviga zamin yaratish”, — dedi ukrainalik muzokarachi uchrashuv Anqara yoki Istanbulda o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidlab.

    Rossiya — Ukraina delegatsiyalarining yuzma-yuz muzokaralari 29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar chog‘ida Ukraina delegatsiyasi Kiyev xavfsizlik kafolatlari evaziga NATOga qo‘shilish rejalaridan voz kechishga tayyorligini ma’lum qildi, Donbass masalasi esa o‘t ochishlar to‘xtatilgandan keyin Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi keyingi muzokaralar jarayonida hal qilinishi kerak. Qrimning maqomi masalasida esa Ukraina 15 yil davomida ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazishni taklif qilgan.

    Muzokaralardan so‘ng Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollik keskin qisqartirilishini e’lon qildi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fominning aytishicha, bunday qaror “o‘zaro ishonchni oshirish va keyingi muzokaralar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida” qabul qilingan.

    30-mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bu rus qo‘shinlarining “rejalashtirilgan qayta guruhlanishi” ekanligini ta’kidlab, buni “Rossiya kuchlarining Kiyev va Chernigov yo‘nalishlaridagi barcha asosiy vazifalari bajarib bo‘lingani” bilan izohladi. Vazirlik qayta guruhlanish sababini “Donbassni to‘liq ozod qilish bo‘yicha operatsiyani yakunlash” deb atadi.

    Mavzuga doir: Britaniya Ukrainaga Rossiya bilan bitim imzolashga shoshilmaslikni tavsiya qilmoqda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlar vazirligi nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini shakllantiradi

    Bugun, 10:23

    Toshkentda isitish magistralidagi nosozliklar sabab ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 10:17

    O‘zbekistonda ommaviy ahamiyatga ega noyob obyektlar eskiz loyihasi bo‘yicha arxitektura tanlovi o‘tkaziladi

    Bugun, 10:11

    O‘zbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

    Bugun, 09:45

    Donald Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi

    Bugun, 09:41

    Toshkent viloyatida salkam 400 gramm opiyni bojxonadan ichki a’zosiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Bugun, 09:37

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Bugun, 09:28

    O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

    Bugun, 09:11

    Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqib, 100 kishi halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 09:06

    O‘zbekistonda pensiya sohasida ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

    Bugun, 09:05

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?