• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    Ko‘pincha mashhur insonlar hayoti davomida hech qanday qiyinchilik ko‘rmagandek tasavvur uyg‘otadi. Biroq mashhurlik hamda muvaffaqiyatga osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Taqdir taqozosi bilan gohida musofirlikni ham boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Quyida xorijiy mamlakatlarda turli qora ishlarni qilib, tirikchilik uchun pul ishlagan mashhurlar haqida so‘z yuritiladi.

    Hamdam Sobirov

    “Qora atirgul”, “Maktabimda” va “Tentakcham” kabi qo‘shiqlari bilan omma e’tiboriga tushgan, hozirgi kunda YouTube’da kliplari eng ko‘p tomosha qilinayotgan xonanda Hamdam Sobirov ijodni boshlamasidan avval Rossiyaga muhojir sifatida borgan. Chunki oilasining moddiy ahvoli u qadar yaxshi emasdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Mehnatning aybi yo‘q. Men ham bir yarim yilga yaqin qurilish ishlarida ishlaganman. Muhojir bo‘lib yashash qiyin. Avvaliga maoshimni vaqtida berishgan, ikki-uch oydan keyin ‘o‘yinlar’ boshlangan. Ish beruvchilar pul berishni paysalga solgandan keyin O‘zbekistonga qaytishga qaror qilganman, — deydi Hamdam Sobirov.

    Alixan

    Foto: Instagram / @alikhan

    Foto: Instagram / @alikhan

    “Qilmagan ishim qolmagan, to‘g‘risi. Bir xil odamlarga o‘xshab villada yashayapman yoki mana bu mening villam deb, Mercedes’ning oldida rasmga tushib, pafos yasagim kelmaydi. To‘g‘risini aytsam, pol artishdan tortib idish yuvishgacha qilmagan ishim qolmagan. Birinchidan, u yerda talabaman. Ertalabdan kechgacha ishlashga haqimiz yo‘q, huquqimiz ham. Bu degani har qanday ish sizni quchoq ochib kutib olmaydi. Ham tilni bilmayman. Til o‘rganishga endi qadam bosganman. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, restoran yoki McDonald’s kabi fastfudlarda idish-tovoq yuvishdan boshlab, sekin-sekin gamburger tayyorlashga, undan keyin yetkazib berish xizmatiga o‘tib, shu tarzda noldan boshlaganman. Amerikaga bordingiz, til bilmaysiz va pul yo‘q. 10 yil ichida ancha ishlarda ishlab chiqdim. Green Card ham berishdi. To‘g‘risini aytsam, qilmagan ishim qolmadi. Toshkentga kelganimdan keyin uylanib, ota-ona, oila va farzandlar oldida qoldim”, – deydi aktyor.

    Farrux Fazel

    Rolex Gucci va “Bor ana” kabi qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish bo‘lgan Farrux Fazel Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topgan. Uning yulduzlarga boy kliplarini ko‘rganlar boyning bolasi deb o‘ylashadi. Ammo xonanda kamtarona, ishchilar oilasida tavallud topgan. “Men emas, prodyuserim boy”, deydi yosh xonanda. Uning prodyuseri shoumen Davron Kabulov hisoblanadi.

    Foto: Instagram / @fazel_farrukh

    Foto: Instagram / @fazel_farrukh

    — 2012-yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. Men yaqinlarimning qarshiligiga qaramay Rossiyaga ishlagani ketganman. Niyatim hayotimni o‘zgartirish va u yerda institutga kirish edi. Muhojirlikning ilk yili qurilishda ishlaganman. G‘isht tashigan kunim qo‘llarim yorilib ketardi. Keyinchalik ishga o‘rganib ketdim. Suvoqchilik ishlarini ham o‘zlashtirdim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o‘qishga uchun pul to‘pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman.

    Jaloliddin Ahmadaliyev

    “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil” va “Eh jo‘ralar” qo‘shig‘i bilan internet yulduziga aylangan Jaloliddin Ahmadaliyev ham ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. U maktabni bitirgan yili Rossiyaga ketib, ishlashga majbur bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Maktabni tamomlab, akalarim bilan Rossiyaga ishlashga ketganman. O‘shanda 18 yoshda edim. U yerda qurilish, mashina yuvish shoxobchasida ishladim. Undan keyin O‘zbekistonga qaytib, yana shu ish bilan shug‘ullandim. Keyin dadamning talabi sabab kosibga shogirdlikka tushdim. Ikki yil kosibchilik qildim. Ammo zaharli yelim sabab oshqozonim qattiq og‘riydigan bo‘lib qoldi. Avvaldan xonandalarga qo‘shiqlar yozib berganman, hozir ham iltimos qilganlarga rad javobini berolmayman. Internetdagi mashhurlik — hammasi Allohdan. Bir paytlar orzu qilgan ijodkorlarim bilan bir sahnada ekanligimga va o‘z tinglovchilarim borligiga shukr qilaman, — deydi Jaloliddin Ahmadaliyev.

    Sohib Abbosxon

    “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan aktyor va rejissor Sohib Abbosxon ham AQSHda yashaydi. U muhojirlikning ilk yili pissa tashuvchi, suvoqchi va taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Ayni kunlarda esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qiladi.

    Foto: Instagram / @sohib_abbosxon

    Foto: Instagram / @sohib_abbosxon

    — Muhojirlik oson emas, ayniqsa, til bilmaslar juda qiynaladi. Til bilgan odam uchun hammasi oson kechadi, deb ham aytolmayman. Xorijda sabr bilan yashash va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik kerak. Men AQSHga birinchi kelganimda mehmonxonada suvoqchi bo‘lib ishlaganman. Bu ish bilan 45 kun shug‘ullanganman.

    Qizimning maktabidagilari unga dadang Amerikada mehmonxona tozalab yuribdi, deb gapirgan ekan. Bu yerda ishlagan o‘zbeklar ularga shunday deyishgan bo‘lsa kerak. O‘sha kuni o‘sha gapni eshitib yig‘laganman. Kecha obro‘-e’tiborda, kino olib yurgan edim, bugun bunday ahvoldaman deb yig‘laganman. Lekin oldimga qo‘ygan maqsadlarim bu qiyinchiliklardan ustun kelgan, — deydi Sohib Abbosxon.

    U 2017-yildan buyon AQSHda yashaydi. 2020-yilda qizini turmushga berdi, ammo to‘yda o‘zi ishtirok etolmadi.

    Behzod Muhammadkarimov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov “Shaytanat”, “Amir Temur”, “O‘tkan kunlar”, “Parizod”, “Oq bino oqshomlari” va “Buyuk Turon” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. U mashhur aktyor bo‘lishiga qaramay muhojirlik azobini tortgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Men Amerikada qora ishlarni qilganimni yashirmayman. Ishni mehmonxonada choyshab va yostiqlarni tashishdan boshladim. Keyin magazinda pollarni tozalab, laklaydigan ishga kirdim. Asosan, kechqurun ishlardim. Bu ham yetmagandek kunduzi ham ish olardik, kunduzi topganimizga Amerikada yashardik, kechqurun ishlagan pulimizni Toshkentga — uyga yuborardim.Kechasi bilan ishlab, kunduzi yana peshingacha ishlardim. Har kuni shunday: dam olish kunlarisiz ishlardim. To‘g‘risini aytsam, faqat kechqurun ishlaganimiz uchun yillab quyoshni ko‘rmagan vaqtlarim bo‘ldi. Restoranda idish-tovoq yuvdim, ofitsiantlik qildim, pissa tashidim, qurilishda ishladim, yuk tashuvchi bo‘lib, uy ko‘chirdim. Hattoki muzqaymoq chiqaradigan sexda ishlab, muzqaymoq ham tayyorladim. Bir yigitga qirq hunar oz, degan maqolni amalda o‘zimda ko‘rdim va isbotladim, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    SanJay

    Xonanda SanJay ona shahri Navoiydagi zavodda oddiy ishchi bo‘lgan, ammo san’atga qiziqishi sabab dijeylik ham qilgan. Keyinchalik Moskvaga, undan so‘ng Chechenistonga borib ishlagan.

    Foto: Telegram / SanJaymusic

    Foto: Telegram / SanJaymusic

    — Moskvada tungi klubda dijeylik qilganman, maoshim zo‘r edi. Checheniston rahbariga atab qo‘shiq yozganman va uni Ramzan Qoldirovga ko‘rsatish uchun Chechenistonga borganman. U yerda musofirlik qanchalik qiyin bo‘lishini bilgandim. Bir haftalarda Moskvaga qaytaman, deb o‘ylagandim. Afsuski, Qodirov bilan uchrashishim oson kechmagan. Menga hech kim ishonmgan, desam ham bo‘ladi. Qishloqlarga qatnaydigan taksi haydovchilari bilan tanishgandim. Yo‘lovchilar kelgunicha mashinasiga o‘tirib, dam olardim. Juda qiynalganman, muqim yotar joyim bo‘lmagani uchun o‘tirgan yerimda ham uxlab qolaverardim. Ammo bir oy deganda Ramzan Qodirov bilan uchrashganman va Ustozlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan davlat tadbirida ishtirok etganman, — deydi xonanda SanJay.

    Zarnigor G‘aniyeva

    “Jurnalist”, “Sevgi” kabi seriallardagi obrazlari va Gulsanam Mamazoitova bilan kuylagan “Ikkinchi ayol” dueti bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Zarnigor G‘aniyeva ham bir muddat Janubiy Koreyada yashagan. Aktrisaning hozirda ham u yerda uyi bor.

    Foto: Instagram / @zara_ganieva.official

    Foto: Instagram / @zara_ganieva.official

    Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Zarnigor Janubiy Koreyaga borgan ilk yillarida qariyalarni parvarishlash xizmatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik tilni o‘rganib, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Avvaliga u yerdagi kichik turdagi mahsulotlarni O‘zbekistonga import qilgan. Tilla taqinchoqlar savdosi bilan shug‘ullanganini ham yashirmaydi.

     

     Mavzuga doir:

    • Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
    • AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)
    • Davron Kabulov kashf etgan iste’dod Farruh Fazel — boyning bolasi emasligi, Rossiyada muhojir bo‘lgani va ijodidagi sokinlik sababi haqida
    29.03.2022, 14:46   Izoh (0)   117839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur ayollarning go‘zallikda qizlaridan qolishmaydigan onalari (foto)

    29.03.2022, 12:58

    “Oskar-2022” taqdirlash marosimida aktyor Uill Smit rafiqasi haqidagi hazili uchun boshlovchiga tarsaki tushirdi (video)

    29.03.2022, 09:54

    “Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto)

    28.03.2022, 18:59

    Gollivud aktrisasi Lili Kollinz “Emili Parijda” serialini suratga olish jarayonida salomatligida muammolar yuzaga kelganini bildirdi

    28.03.2022, 15:57

    “Oskar — 2022” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    28.03.2022, 13:30

    Kim Kardashyan, Benedikt Kamberbetch hamda o‘g‘ri va bezorilardan aziyat chekkan boshqa yulduzlar (foto)

    28.03.2022, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.