• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto)

    Afsonaviy arman aktyori doimo qayg‘uli ko‘rinishining o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Karyerasida muvaffaqiyat qozongan Mkrtchyan oilaviy hayotda aqlbovar qilmas fojialarni boshdan kechirgan.

    Ajoyib muqaddima

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Turk genotsididan qochgan armanning o‘g‘li Frunzik Mkrtchyan 15 yoshidanoq kinomexanik yordamchisi bo‘lib ishga kiradi. Kinoning sehrli olami uni shunchalik hayratda qoldiradiki, yigit teatr to‘garagiga qatnasha boshlaydi, keyin esa Leninakan (hozirgi Gyumri) teatriga ishga kiradi. Burni juda kattaligi tufayli sahnada rol ijro qilish uchun turli masxaralarga chidashga to‘g‘ri kelardi.

    “Xudo insoniyatga burun berganida, u odamlardan hidlash organiga ega bo‘lishni xohlashlarini so‘raydi. Ruslar burunlari stakanga xalaqit bermasligini xohladi. Gruzinlar Kavkaz tog‘lariga o‘xshaganini so‘radi. Arman esa: “Narxi qancha?” deb so‘radi. Xudo bu bepul deb javob berganida, arman: “Unda imkon qadar kattaroq bo‘lsin” degan, — deb hazillashardi Mkrtchyan.

    “Non-sharaf uchun” filmidan kadr (1956)

    “Non-sharaf uchun” filmidan kadr (1956)

    Ammo keyinchalik uning bu kamchiligi fazilatga aylanishi mumkinligi kashfiyot bo‘ldi: g‘ayrioddiy ko‘rinish Sirano de Berjerak rolini grimsiz o‘ynashga imkon berdi. Mkrtchyan boshqa rollarni ham shu qadar qoyilmaqom tarzda ijro etdiki, natijada tez orada teatr yulduziga aylandi. Sahnadan keyin aktyor kinoni zabt etdi. U talabalik yillaridayoq filmlardagi ilk rollarini o‘ynay boshladi. Karyerasida hammasi a’lo darajada edi, ammo shaxsiy hayoti haqida bunday deb bo‘lmasdi.

    Oilaviy drama

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Kursdoshi Knara bilan bo‘lgan birinchi nikohi tezda ajralish bilan yakunlandi, yosh bo‘lgani uchun bu narsa u uchun fojiaga o‘xshamagandi. Frunzikning ikkinchi jiddiy munosabati — o‘zidan ancha katta aktrisa Donara Pilosyan bilan edi. Donara erini chin yurakdan sevdi va evaziga xuddi shunday mehrni olgan tabiatan go‘zal ayol edi. Teatr oliygohida o‘qib yurganda tanishgan yoshlar tezda turmush qurishdi va birga ishlay boshlashdi.

    Donara suratga olish maydonchasiga Mkrtchyanga tez-tez hamroh bo‘lib borardi — “Kavkaz asirasi” filmida u Jabroilning rafiqasi epizodik rolini ham o‘ynagan. Aynan u Shurikka Nina o‘g‘irlab ketilgandan keyin darvoza oldida turib, Kavkaz to‘ylarining o‘ziga xos xususiyatlarini afsus bilan tushuntiradi.

    “Kavkaz asirasi” (1966) filmidan kadr

    “Kavkaz asirasi” (1966) filmidan kadr

    Bir muncha vaqt Frunzik Mkrtchyan baxtdan sarxush edi: sevimli rafiqasi, sevikli bolalari (qizi Nune va o‘g‘li Vazgen), u zavq bilan boradigan ishi va jamoatchilik e’tirofi. Ammo keyin hammasi chappasiga ketdi.

    Frunzik rafiqasi Donara va qizi Nune bilan

    Frunzik rafiqasi Donara va qizi Nune bilan

    Donara to‘satdan juda rashkchi va gumonsiraydigan bo‘lib qoldi: u erini o‘zidan bir qadam ham nariga qo‘ymasdi, arzimagan narsalarni deb janjal qilardi, gastrol bahonasida ma’shuqalari oldiga boradi, deb eridan shubhalanardi. Frunzik avval xotinini bunday emasligiga ishontirishga harakat qildi, keyin esa hammasi joniga tegdi: suratga olish ishlari yoki spektakllardan keyin ko‘pincha uyga qaytgisi kelmasdi: yo bo‘kkunicha ichardi, yoki shunchaki shahar kezardi. Uydagi vaziyat butunlay chidab bo‘lmas holga kelganida, Mkrtchyan do‘stlarining maslahatiga amal qildi va rafiqasini psixiatr qabuliga yozdirdi.

    Shizofreniya tashxisi ularning hayotini avval va keyinga ajratib yubordi. Aktyor rafiqasini davolashga jiddiy kirishdi: uni Yerevan va Moskvadagi eng zo‘r mutaxassislarga ko‘rsatdi, chet elga olib ketdi. Muqarrar vaziyatga kelish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ldi: Donaraga hech narsa yordam bermadi, uning ahvoli faqatgina yomonlashib borardi. Rafiqasining sog‘lig‘i uchun yelib-yugurgan, Mkrtchyan ko‘plab yulduzli rollaridan voz kechdi — uning karyerasida jimjitlik boshlandi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Oxir-oqibat u Donarani Fransiyadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishga rozi bo‘ldi. Aktyorning o‘zi ikki farzandni tarbiyalash uchun ishlashda davom etishi kerak edi. Qizi Nune turmushga chiqib, Argentinaga ko‘chib ketganidan keyin esa o‘g‘li bilan yolg‘iz qoldi.

    Bu safar u hammasini tez tushundi: o‘g‘li Vazgenning xatti-harakati juda g‘alati bo‘lib borar, onasining qiliqlariga o‘xshardi. Shifokorlar bu shubhani tasdiqladi: bir xil tashxis, bir xil ayanchli taqdir. Bu yangilik Frunzik Mkrtchyanni aqldan ozdiray dedi. U filmlarda suratga tushish, teatrda o‘ynashda davom etsa-da, ich-ichidan rafiqasi va o‘g‘lining jinnixonada yashashini qabul qila olmasdi. Donara va Vazgen esa kasalxona yo‘lagida uchrashib qolishganda ham bir-birlarini taniy olmaydigan darajaga yetgandi.

    Oxiri

    Frunzik Mkrtchyan Tamara Ovannisyan bilan uchrashganida hayotidagi qora ranglar qisqa vaqtga bo‘lsa-da yorqin rangga aylandi. Ular bir necha yil birga yashashdi, ammo oltmish yoshida aktyor yana yolg‘iz qoldi. Frunzik o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilgan teatrni yangi rejissor tayinlanishiga rozi bo‘lmagan holda tark etdi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    U 1987-yildan keyin esa filmlarda rol o‘ynamay qo‘ydi — uning aytishicha, hozirgi yoshida biror yangi narsa qilishga juda kech. Mkrtchyan o‘zining teatri bo‘lishini orzu qilgan va hatto uni yaratish ustida ishlay boshlagan, ammo yakunlashga ulgurolmagan.

    “Frunz o‘lishni xohlardi, unga intildi, orzu qildi, hayotiy instinktlarini shafqatsizlarcha yo‘q qildi. Uni vaqt ham, sharob va tamaki ham o‘ldirmadi ... Yo‘q, u ataylab o‘lim tomon bordi, o‘g‘li va xotinining kasalligi tufayli yashashga kuch topa olmadi”, — deya tushuntiradi aktyorning akasi Albert Mkrtchyan.

    1993-yil 29-dekabrda Armanistonning eng sevimli aktyori o‘z uyida yurak xurujidan tinchgina vafot etdi. O‘sha Yangi yilda Yerevan aholisi birinchi qadahni aktyor xotirasi uchun jimgina ko‘tarishdi

    “Daryo nima haqda shovqin solmoqda” (1958) filmidan kadr

    “Daryo nima haqda shovqin solmoqda” (1958) filmidan kadr

    “01-99” (1959) filmidan kadr

    “01-99” (1959) filmidan kadr

    “Musiqiy guruh yigitlari” (1960) filmidan kadr

    “Musiqiy guruh yigitlari” (1960) filmidan kadr

    “Kavkaz asirasi” (1966) filmidan kadr

    “Kavkaz asirasi” (1966) filmidan kadr

    “Oq royal” (1968) filmidan kadr

    “Oq royal” (1968) filmidan kadr

    “Fotosurat” (1969) filmidan kadr

    “Fotosurat” (1969) filmidan kadr

    “Ayrik” (1972) filmidan kadr

    “Ayrik” (1972) filmidan kadr

    “Erkaklar” (1972) filmidan kadr

    “Erkaklar” (1972) filmidan kadr

    “Mimino” (1977) filmidan kadr

    “Mimino” (1977) filmidan kadr

    “Katta yutuq” (1980) filmidan kadr

    “Katta yutuq” (1980) filmidan kadr

    “Tarsaki” (1980) filmidan kadr

    “Tarsaki” (1980) filmidan kadr

    “Bolaligimiz tangosi” (1984) filmidan kadr

    “Bolaligimiz tangosi” (1984) filmidan kadr

     

    Mavzuga doir: 

    • Saraton — hammasi tamom, degani emas: Onkologik kasalliklarni yengishga muvaffaq bo‘lgan mashhur shaxslar
    • Turetta sindromi va boshqa kamyob kasalliklarga chalingan jahon yulduzlari (foto)
    • Dushmanlari tomonidan zaharlangan, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Hindiston bulbuli — Lata Mangeshkarning zahmatli hayot yo‘li
    • “Kuylashni qaytadan o‘rganyapman”: Rossiyalik xonanda MakSim koronavirusdan keyin ovozidagi muammolar haqida so‘zlab berdi
    28.03.2022, 18:59   Izoh (0)   37738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktrisasi Lili Kollinz “Emili Parijda” serialini suratga olish jarayonida salomatligida muammolar yuzaga kelganini bildirdi

    28.03.2022, 15:57

    “Oskar — 2022” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    28.03.2022, 13:30

    Kim Kardashyan, Benedikt Kamberbetch hamda o‘g‘ri va bezorilardan aziyat chekkan boshqa yulduzlar (foto)

    28.03.2022, 09:26

    Instagram: Ijodda tanaffus qiladigan Yulduz Usmonova, to‘yi gala-konsertga aylangan Sardor Toirov, Liil Xurramovning muxlisasiga syurprizi

    27.03.2022, 22:14

    “Xayolim ayollar va bolalarda”. Gollivud yulduzi Penelopa Krus ukrainaliklarni ko‘zda yosh bilan qo‘llab-quvvatladi

    26.03.2022, 21:59

    “Rostini aytsam, endi yashay olmasam kerak”. Ketma-ket yaqin insonlaridan judo bo‘lgan amerikalik aktyor Jon Travoltaning omadi va fojialari

    26.03.2022, 15:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00

    Toshkentda ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zo‘rlab kelgan blogerga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:49

    Rim papasi Lev XIV, Madonna va Jastin Biber qarindosh bo‘lib chiqdi — NYT

    Shou-biznes | 19 iyun, 18:40

    “10 yil oldingi o‘zimga ko‘proq tug‘ishni maslahat berardim”. Dilnoza Ismiyaminova shaxsiy hayoti va xiyonat haqida

    Layfstayl | 19 iyun, 18:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.