Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Past Darg‘om tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. 2010-yilda qurilgan 2 qavatli uy 8 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,06 gektar. Binoning maydoni — 426 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 4,37 mlrd so‘m. Arizalar 25-aprel 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan hovli boshlang‘ich bahosidan ikki barobar arzonga sotilgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)