Daryo

Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan hovli 2,7 mlrd so‘mga sotildi

Hovlining boshlang‘ich bahosi 5,5 mlrd so‘m edi, biroq auksion natijasi bo‘yicha ikki barobar arzonga sotilgan

1 daqiqa o‘qish80 181 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “E-auksion.uz”

17-fevral kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan hovli kimoshdi savdosida sotildi.

Foto: “E-auksion.uz”

Lot auksionga MIB bo‘limi tomonidan joylashtirilgan edi. 2016-yilda qurilgan hovlining maydoni 437,20 kvadrat metr. Umumiy maydon — 0,06 gektar. 

Lotning boshlang‘ich bahosi 5,5 mlrd so‘m edi, lekin auksion natijasi bo‘yicha ikki barobar arzon — 2,7 mlrd so‘mga sotilgan.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berishicha, hovli narxni tushirib borish tartibi bilan sotilgan. Kimoshdi savdosi 8 soat davom etgan. Hozirda hovlini sotib olgan auksion g‘olibi tomonidan faqat zakat puli — 276 mln so‘m to‘langan.

Avvalroq Toshkent shahrida 51 xonali hovli auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar