Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida gapirdi.
Ko‘pchiligingiz bir xil savol berayotganingizni payqayapman. Kelajagimni belgilovchi odam faqat o‘zimman, boshqa hech kim emas. Agar ko‘proq o‘ynashni xohlayotganimni his qilsam, o‘ynayman, agar xohlamasam, o‘ynamayman. O‘zimga o‘zim xo‘jayinman, tamom.Ma’lumot uchun, Krishtianu “Manchester Yunayted”ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 37 yoshli hujumchi ovoz berish natijalariga ko‘ra, jamoa vingeri Jeydon Sancho va yarim himoyachi Fredni ortda qoldirdi.Men faqat bir kunim bilan yashayman, ertangi kunni faqat Xudo biladi. Menga futbol yoqadi, hamon klub va terma jamoada o‘zimni foydali his qilaman. Muxlislar, oilam yoki jurnalistlar aytgan vaqtda emas, o‘zim xohlagan paytimda qaror qabul qilaman. Hayotim davomida qarorlarni doim o‘zim qabul qilganman va bu davom etadi.
Krishtianu Ronaldu, “Manchester Yunayted” futbolchisi
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Yevropa mintaqasida JCh—2022 saralashi pley-offining yarim final bahsida Turkiyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Portugaliyaliklar 29-mart kuni mundial yo‘llanmasi uchun Shimoliy Makedoniya bilan bahs olib boradi.
Izoh (0)