Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar u “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Davron Vahobov 1980-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy — 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yilda Toshkent iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Davron Vahobov “Oqsaroy Tekstil” , “Zarbdor Tekstil”, “Oqsaroy Vorteks”, “Osteks Tekstil Jizzax”, “Sardoba Oqsaroy Tekstil” kabi yirik to‘qimachilik loyihalarida ishlagan. 2020-yilning noyabrida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yildan beri Savdo-sanoat palatasiga raislik qilib kelgan Adham Ikromov 2022-yilning fevralida sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)