• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Ota-ona bolada mustaqil shaxsni emas, balki ushalmagan orzulari davomchisini ko‘radi — tavsiya va tajribalar ko‘pligiga qaramay nega farzand tarbiyasida xato qilaveramiz?

    Katta va yosh avlod dunyoqarashi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Ayniqsa, bola oilada o‘rnini bildirishga harakat qilayotgan pallada ota-ona buni ko‘rib, ko‘rmaslikka olsa, vaziyatni yumshatish, bolasini eshitishdan qochsa, muammo hadeganda hal bo‘lavermaydi. AdMe nashrining shu kabi muammolarga bag‘ishlangan maqolasini “Daryo” o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Foto: “Superlogoped.com”

    Foto: “Superlogoped.com”

    Ota-onalar farzandiga quloq tutmaydigan holatlar ko‘p uchrab turadi. Bu hodisa psixologiyada “subyekt-obyekt munosabatlari” deb ataladi. “Subyekt” — o‘z hayoti, istaklari, kechinmalari va tajribasiga ega bo‘lgan ota-ona. Bola esa faqat ma’lum bir vazifalarni (ta’lim olish, odob saqlash, ota-onasini xursand qilish, itoatkor bo‘lish va muammo chiqarmaslik) bajaruvchi “obyekt” hisoblanadi.

    Bunday ota-onalar tasavvurida bola bir qancha tugmachalari bor robotga o‘xshaydi — o‘zingga keraklisini bosib, qandaydir natijaga erishasan. Agar bolaning so‘zi yoki harakatlari unga qo‘yilgan talablarni buzsa, bu ilgari mukammal ishlagan tizimning buzilishi sifatida qabul qilinadi.

    Shu bois, ota-ona bolasining vazifalari va ehtiyojlari haqidagi tasavvurga sig‘mas g‘oyalarga quloq tutmaydi.

    Quyida bolani obyektga aylantirib qo‘yuvchi eng keng tarqalgan vaziyatlar va bunday holatda ota-ona farzandini eshitishi ehtimoli qancha ekani haqida so‘z boradi:

    Ota-ona farzandiga o‘z orzularining davomchisi sifatida qaraydi

    Aksar ota-ona ba’zan farzandi orqali ikkinchi bor yashashga urinib, unda mustaqil shaxsni emas, balki o‘z davomchisini ko‘radi. Bu “davomchi”ning vazifasi — ota-onaning bolalikdagi orzularini ro‘yobga chiqarish va ular yeta olmagan marralarni zabt etish bo‘ladi. Shu bilan birga, bolaning fikri bilan hech kim qiziqmaydi. Masalan, bola matematikani yoqtirsa-da, futbol to‘garagiga qatnashadi, chunki dadasi mamlakat terma jamoasida to‘p surishni orzu qilgan.

    Ota-ona tuzgan rejalarga qarshi chiqishga urinish to‘siqlarni yengib, ko‘zlangan marraga yetishni istamaslik sifatida qabul qilinadi. Bu esa “topshiriq bajarilmagan”i va umid oqlanmaganini anglatadi.

    Avtoritar ota-onalar qarshilikdan qo‘rqadi

    Farzandining istak va qarashlari o‘zining hayotiy tamoyillari va tajribalariga zid bo‘lsa, qattiqqo‘l, avtoritar ota-ona bundan ranjishi va hatto tahdid qilishi mumkin.

    Bunday oilalarda hayot muhokama qilinmaydigan, qat’iy va o‘zgarmas qoidalar bo‘yicha kechadi. Barqarorlik va xavfsizlikka asosiy qadriyat deb urg‘u beriladi. Tuyg‘ular rag‘batlantirilmaydi, farzand tarbiyasida asosiy e’tibor jamiyatga mos tushadigan “haqiqiy erak” va “munosib ayol”ni yetishtirib berishga qaratiladi.

    Farzand odatiy qolipga tushmasa (masalan, qiz tikuvchilik yo pazandalikni o‘rganishdan bosh tortib, kelajakda model bo‘lishni orzu qilsa yoki o‘g‘il o‘yinchoq askarlarni o‘ynash o‘rniga qo‘g‘irchoqqa ishtiyoqmand bo‘lsa), avtoritar oila bundan hayratga tushadi. Avtoritar ota-ona bilan muloqotda “men”ingizni saqlab qolish Gerkules kabi jasoratli bo‘lishni talab qiladi.

    Muammoli oilada rollarning qayta taqsimlanishi

    Ajrashgan oilalarda farzand ko‘pincha o‘zi bilan qolgan otasi yoki onasi uchun “ishonchli shaxs” rolini o‘ynab, uning baxti uchun javobgarlikni zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. To‘ng‘ich farzand zimmasidagi yuk undan ham og‘irroq: yolg‘iz boquvchisi pul topayotgan vaqtda uka va singillari uchun ota-ona o‘rnini bosishi kerak.

    Muammoli oilada, masalan, ichuvchi yoki giyohvandlar oilasida farzand bilan ota-ona o‘rni butkul almashib qolishi mumkin. Bola ro‘zg‘or tebratishi, “muammoli” ota-onaga g‘amxo‘rlik qilishi va uning xarxashalariga dosh berishiga to‘g‘ri keladi. O‘zi istaganday bo‘lishning iloji yo‘q.

    Bunday sharoitda unga quloq tutishlarini talab qilishdan foyda yo‘q: shusiz ham muvozanat buzilgan. Yolg‘iz ota yoki ona tirgaksiz qolib ketishdan qo‘rqadi. Ota-ona voyaga yetmagan farzandga qaram bo‘lsa, u bilan muloqot o‘rnatishning imkoni bo‘lmaydi.

    Har qaysi ota-ona qachondir bola bo‘lgan va ularning bugungi kunda o‘zini qanday tutishi ko‘pincha o‘tmishdagi bolaligi bilan bog‘liq. Agar o‘shanda ularning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlari e’tiborsiz qoldirilgan bo‘lsa, ular o‘z farzandiga hissiy iliqlik va qo‘llovni bera olmaydi. Shu bilan birga, ota-ona mehrsiz oilada ulg‘aygan bo‘lsa ham farzandiga befarq bo‘lmaydi va uning uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi.

    Bunday vaziyatda uning e’tiborini jalb etish va tushunishga undash mumkin. Lekin bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak: bunday ota-onalarda samarali muloqot uchun zarur bo‘lgan “hissiy mushaklar” rivojlanmagan. Kuchli siquvga olib, ularda aybdorlik hissini chaqirishga urinmaslik zarur.

    Ota-ona g‘amxo‘rlik qilishga moyil

    “Enaga ota-ona” (yana bir nomi — “vertolyot ota-ona”) bolani arzimagan qiyinchiliklardan ham himoya qilib, hatto eng oddiy masalalarni ham o‘zi hal qilishiga yo‘l bermay, ularga g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganib qolgan. Ular o‘z farzandi qachondir ulg‘ayib, qo‘lidan yetaklab yurishga ehtiyoj qolmasligidan dahshatga tushadi.

    Bunday vaziyatda so‘z emas, balki amaliy chora yordam beradi. Ota-onangiz endi chaqaloq emasligingizni tushunishiga imkon bering. Hayotingizni tartibga keltiring. Qo‘lingizdan kelgan barcha ishni o‘zingiz bajaring. Nolimang. Kechikmang. Kelasi safar ular sumkangizni ko‘tarishga yoki xonangizni yig‘ishtirishga harakat qilsa, muloyimlik bilan, biroq qat’iy ohangda rad eting. Bir so‘z bilan aytganda, ulg‘aying.

    Bolani eshitishga vaqt yo‘q

    Adekvat ota-onalar ham ishi yoki muammolari ko‘pligi uchun farzandi bilan dildan suhbatlashishga vaqt topolmasligi mumkin. Ular ko‘pincha bolada qandaydir muammolar borligini payqamaydi ham.

    Bu vaziyatda muloqot o‘rnatish osonroq kechadi. Nazorat qilish va tartib o‘rnatishga uncha o‘ch bo‘lmagan, shunchaki ishdan toliqqan ota-ona muammolaringizdan xabar topsa, yordam qo‘lini cho‘zishi ehtimoli ko‘proq.

    Oilada robotdek hayot kechirish

    Biroq bolaga e’tibor yo‘qligining eng keng tarqalgan sababi kattalarning “avtopilotda” yashash odatidir. Rostakamiga hissiy aloqaga kirishish katta kuch talab qiladi. Fikrni bir joyga qo‘yib, televizorni o‘chirib, bolaga vaqt ajratish kerak. Yoqimsiz gaplarni eshitishga yoki aybni tan olishga to‘g‘ri kelib qolishi ham mumkin. Rasmiy muloqot esa osonroq va xavfsizroq.

    Dildan suhbatlashish imkoniyati bor. Asosiysi, ota-ona boshqa narsaga chalg‘imay, qulay fursatni tanlashi kerak.

    Subyekt-obyekt munosabatlari nimasi bilan yomon?

    Farzand uchun hamma narsani hal qilish va uning alohida shaxs ekanini payqamaslik qulay va oson. Bolaning his-tuyg‘ulari va istaklarini e’tiborsiz qoldirib, unda shunday tushunchalarni paydo qilamiz: “men uncha yaxshi bola emasman”, “e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga arzimayman”, “men hech kimman”.

    Bunday vaziyatga tushib qolgan farzand yo isyon ko‘tarib, ota-onasi bilan aloqani uzadi yo taslim bo‘lib, bo‘yin egib yashashga ko‘nikadi. Shu bilan birga, “bo‘ysinuvchi” ham, “isyonchi” ham o‘zini shaxs sifatida qabul qilishda qiyinchiliklarga duch keladi.

    Olimlar hissiy e’tiborsizlik muhitida o‘sgan bolalarda jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bolalardagi kabi yuqori darajada tashvish, tushkunlik va o‘z joniga qasd qilishga moyillik borligini aniqlagan.

    Agar siz ota yoki ona bo‘lsangiz, farzandingiz faqat boqish, kiyintirish va tarbiyalash zarur bo‘lgan go‘dak emas, balki ulg‘ayish arafasidagi shaxs ekanini ham inobatga oling. Kelajakda o‘zini baxtli his qilishi va dadil qadam tashlashi uchun hozir unga nima berishingiz kerak? Ozgina e’tibor. Ishonch. Hurmat.

    Bolaligingizni eslang. Nimani qanday qilish kerakligini uqtirib, siz uchun qaror qabul qilib, mustaqil fikr bildirishga ruxsat berishmaganida ichingizdan nimalar o‘tgan? Bola rivojlanishi uchun nafaqat g‘amxo‘rlikka, balki erkinlikka ham muhtojligini anglash zarur. O‘z baxti uchun kurashishiga qo‘yib bering.

    Balki o‘sha bolalar ichida siz ham bordirsiz? Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qiling. Birinchi navbatda, qo‘rquvni yengish kerak. Hamma tinch va hech kim hech qayoqqa shoshmayotgan, qulay fursatni tanlang.

    Suhbatni yengilroq mavzudan boshlang, nima deyishingizni oldindan o‘ylab oling. O‘zingizni qanday his qilayotganingizni ochiq bayon qiling. Ayblamang, nolimang va o‘zingizni oqlamang. O‘zingizni “raqib”ning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Ota-ona ham inson ekanini unutmang.

    25.03.2022, 13:33   Izoh (0)   70262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bundestag deputati rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni talab qildi

    Dunyo | 3 iyun, 19:30

    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

    Reklama | 3 iyun, 19:30

    Britaniyalik 2 yoshli bolakay dunyoning yuqori intellektli insonlari jamiyatining eng yosh a’zosiga aylandi

    Layfstayl | 3 iyun, 19:28

    Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilib, qidiruvda bo‘lgan haydovchi ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 19:15

    Avstraliyada robot mushuklar yolg‘izlikka davo sifatida qo‘llanmoqda

    Gadjetlar | 3 iyun, 18:49

    Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib, halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovning oila aʼzolariga “Jasorat” medali topshirildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 18:35

    Murodjon Azimov Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga uy sovg‘a qilgandi. Tadbirkor uy pulini ololmay sarson

    O‘zbekiston | 3 iyun, 18:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.