Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sochidan 17 ta yo‘nalish bo‘yicha reyslarga chipta sotishni boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Xususan, reyslar Armaniston, Misr, Isroil, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekistonga amalga oshiriladi.

Parvoz dasturi tranzit yo‘lovchi tashishga qaratilgan bo‘lib, bazaviy aeroportlar — Moskva (“Sheremetyevo”), Sankt-Peterburg va Krasnoyarskdan Sochi orqali yo‘lovchilarni tashiydi.

Parvozlar “Rossiya” aviakompaniyasi (“Aeroflot” guruhi tarkibidagi) orqali mahalliy Superjet 100 samolyotlari orqali amalga oshiriladi. Sochida xalqaro dasturni qo‘llab-quvvatlash uchun shu turdagi 10 tagacha samolyotni joylashtirish rejalashtirilgan.

Dunyo mamlakatlarining Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalari tufayli Rossiyaning bir nechta aviakompaniyalari xalqaro, jumladan, O‘zbekistonga reyslarni bekor qilgandi. Xususan, 7-mart holatiga ko‘ra S7 Airlines, iFly, “Aeroflot”, Nordwind, AZUR Air, Smartavia aviakompaniyalarining O‘zbekistonga parvozlari to‘xtatilgan edi.

Avvalroq Rossiya O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlar bilan koronavirus sababli havo qatnoviga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways esa Rossiya havo hududining bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklov sabab bir qator shaharlarga parvozlar jadvali va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, 3-martdan 26-martgacha O‘zbekiston—Sochi—O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etilib, Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga rejalashtirilgan parvozlar Sochi shahriga amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)