Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uzbekistan Airways Toshkent va Urganchdan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent va Urganch–Sankt-Peterburg–Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 2022-yilning 16- va 23-mart kunlari, Urganch–Sankt-Peterburg–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa 17-, 20- va 23-mart kunlari amalga oshiriladi”, – deyiladi xabarda.

Bundan avval Toshkentdan Qozon va Novosibirsk shaharlariga, Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga hamda Toshkentdan Novosibirskka qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi