Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,96 so‘mga ko‘tarilib, 11 486,87 so‘mni tashkil qildi. Yevro 22,78 so‘mga ko‘tarilib, 12 641,30 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,23 so‘mga pastlab, 116,62 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 25,68 so‘mga pastlab, 11 483,91 so‘mni tashkil qilgandi.
Ma’lumot uchun, yil boshidan beri so‘m AQSH dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi. Shu munosabat bilan Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi intervensiya hajmini oshirdi.
Izoh (0)