Uzbekistan Airways Rossiyaning Rostov-Don va Krasnodar shaharlariga parvozlarni Sochiga o‘zgartirdi
Uzbekistan Airways Rossiya havo hududining bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklov sabab bir qator shaharlarga parvozlar jadvali va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi
Qayd etilishicha, 3-martdan 26-martgacha O‘zbekiston—Sochi—O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etiladi. Qo‘shimcha reyslar kiritilganidan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovi to‘xtatilgan:
- HY3687/3688 va HY9687/9688 Toshkent—Krasnodar—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha;
- HY9647/9648 Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha;
- HY9825/9826 Namangan—Krasnodar—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Sochi shahriga amalga oshiriladi.
Mavzuga doir:
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar