• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Xokkey tarixidagi eng dahshatli jarohat. Bo‘yni kesilib ketishi oqibatida 1,5 litr qon yo‘qotib, tirik qolgan Klint Malarchuk hikoyasi

    Klint Malarchukning “Vashington Kepitalz”dan “Baffalo Seybrz”ga o‘tishi asli ukrainalik bo‘lgan kanadalik darvozabonning faoliyatida burilish yasashi kerak edi. Alberta shtatida tug‘ilgan posbon uzoq vaqt davomida “Kepitalz”ning uchinchi darvozaboni bo‘lib kelgandi, “Seybrz”da esa golkiperlarning jarohati tufayli istiqbolli Malarchukka e’tibor qaratildi. Yangi joyda Klint o‘zini ko‘rsata oldi, besh o‘yinda uchta g‘alaba qozonib, NXL klubining to‘laqonli birinchi raqamiga aylanishga tayyorligini bildirdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ammo klubini almashtirganidan ikki hafta o‘tib, Malarchukni hayotidagi eng jiddiy sinov kutib turgan edi: 1989-yilning 22-martida “Sent-Luis”ga qarshi o‘yinda u muz ustida vafot etishi mumkin edi.

    O‘yin 1:0 hisobida “Baffalo” foydasiga hal bo‘layotgandi, raqiblar Klintning zonasiga o‘tdi. “Blyuz” o‘yinchisi burchakdan shaybani yetkazdi, Uve Krupp va Stiv Tattl o‘rtasida shayba uchun kurash kechdi. Ikkinchisi yiqildi, konkining tig‘i raqib darvozaboni tomog‘ini kesib yubordi.

    “Bu niqobimga urilgan zarbaga o‘xshadi. Og‘riq yo‘q edi, lekin shlemni yechdim va qonni ko‘rdim. Atrofim qizarib ketgan edi. Yuragimning har bir zarbida qon oqishi kuchayib borardi. Bu arteriya. Qonni to‘xtatish uchun bo‘ynimni ushlab oldim, ammo u barmoqlarim orasidan otilib chiqardi. Qon oqishda davom etardi. Oldinga yiqildim va u favvora singari otilardi”, — deb yozadi Klint o‘z kitobida.

    15 santimetrli kesilgan joydan qora qon otilib chiqardi, bir necha soniya ichida posbonning atrofini qonga to‘ldi.

    “Tomog‘i kesilgan odam uch daqiqadan ortiq yashay olmasligini bilardim. Shuning uchun imkon qadar tezroq tribuna ostiga o‘tishni xohlardim, chunki onam bu o‘yinni televizor orqali tomosha qilayotgandi. U o‘g‘lining qanday o‘layotganini ko‘rmasligi kerak”, — tan oladi Klint.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Sent-Luis” hujumchisi Rik Miger bu holatda o‘zini yo‘qotmadi va yordam so‘rab baqira boshladi. Uchrashuv hakami Terri Gregson Klintning yoniga borganda o‘yinchining xotirlashicha, uning ko‘zi soqqasidan chiqib ketgudek bo‘lgan. Gregson faqat qichqira oldi: “zambilni olib keling, u qon yo‘qotyapti!”.

    Malarchukning yonida birinchi bo‘lib “Baffalo” fizioterapevti Jim Pitssutelli paydo bo‘ldi. Aynan u tomog‘iga doka bosib, zo‘rg‘a nafas olayotgan Klintning hayotini saqlab qoldi. Ammo mato darhol qonga belandi. Jabrlanuvchi yo‘talib, pichirlardi: “Jim, bu uyqu arteriyasi”. Shifokor unga xotirjam va sokinlik bilan: “Shunchaki aytganimni qil”, — dedi.

    Bu dahshatli voqeaga guvoh bo‘lgan 11 muxlis hushini yo‘qotdi, ikki nafari yurak xurujiga uchradi, uch xokkeychi muz ustida qayt qilib yubordi. U yerda xotirjamlikni saqlab, Klintning hayotini saqlab qolishda asosiy rolni bajargan odam Pitssutelli edi. U zaxira o‘rindig‘idan Malarchukning yoniga yetib borish uchun qimmatli 136 soniyadan bor-yo‘g‘i 14 soniyani sarfladi.

    Pitssutelli Vyetnam urushi faxriysi bo‘lib, u yerga jangovar muhandis sifatida borgan. Frontga borganiga ikki hafta bo‘lgan Jim va yana to‘rt nafar askar qishloq bo‘ylab yurganda, ularni yuk mashinasi urib yuboradi. “Baffalo”ning bo‘lajak shifokori oson qutuldi: o‘sha to‘qnashuvda uning bir nechta qovurg‘asi sindi, xolos. Askarlardan biri jarlikka qulab ketdi. Qolgan ikkisi ham tibbiy yordamga muhtoj edi. Shundan so‘ng Jim sport tibbiyotini o‘rganishga qaror qildi va bir muncha vaqtdan keyin inson tanasi haqida hamma narsani o‘rgandi. Olingan bilimlar o‘sha oqshomda Malarchukning hayotini saqlab qoldi.

    Jim qon oqayotgan tomirni siqib tura oldi va unga kiyim almashtirish xonasigacha yetib borishga yordam berdi.

    “Shifokorlar sochiqni oldi va bor og‘irligi bilan tomog‘imni bosdi. Ba’zida nafas olishim uchun qo‘llarini bo‘shatardi, lekin qon ham oqishni boshlardi, shuning uchun barchasi qayta-qayta takrorlanardi”, — deydi Malarchuk.

    https://www.instagram.com/p/CL7x9GtAaNI/?utm_source=ig_embed&ig_rid=c72664de-ede8-4e0a-86e0-2ad19e239d99

    Klint bir nechta sabablarga ko‘ra omadli edi:

    • “Baffalo” stadioni shunday loyihalangan ediki, kiyinish xonasiga yo‘l zaxira o‘rindig‘i (maydonning yoni) tomonda emas, aynan darvozalar ortida joylashgandi, shuning uchun posbon muzni tezda tark etdi;
    • Malarchuk o‘sha vaqtda chiqishga eng yaqin darvozani himoya qilayotgan edi. Aks holda, u qimmatbaho soniyalarini yo‘qotib, vafot etishi mumkin edi.
    “Tez yordam mashinasining kelishi abadiy davom etgandek tuyuldi. Ammo u bor-yo‘g‘i 10 daqiqada kelgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelgach, meni zambilga yotqizib, qo‘limga osma ‘ukol’ yubordi. Hazillashishga urindim: ‘Bir-ikki joyni tiking va muzga qaytishimga ruxsat bering’. Buni aytishim bilan yaradan yana qon ketishni boshladi. Hech kim hazilimga kulmadi. Atrofdagilarning hammasi arvohdek edi va men hammasi tugadi deb o‘ylay boshladim”, — eslaydi Klint.

    Kasalxonagacha bo‘lgan yo‘lda Pitssutelli shikastlangan arteriyani siqib, qon ketishini to‘xtatishga harakat qildi. Malarchuk kasalxonaga xokkey formasida olib borildi, uning kiyimlarini yechishga vaqt yo‘q edi. Klintni qutqarish uchun tezkor operatsiya boshlandi.

    Shifokorlar “Baffalo” posboni hayotini qutqarish uchun kurashayotgan bir pallada, ushbu dahshatli o‘yin ishtirokchilari hayratda qolgan edi. Jabrlanuvchining yaqin do‘sti Grant Ledyard o‘zini qo‘yarga joy topolmayotgandi: u uyoqdan buyoqqa yurardi, “Seybrz” kiyinish xonasida yig‘lab yubordi.

    Ikkala jamoada ham uchrashuvni davom ettirish uchun xohish yo‘q edi. Biroq Malarchukning hayoti xavf ostida emasligi xabar qilinganidan so‘ng o‘yin davom ettirildi. “Baffalo”ning zaxira darvozaboni Jak Klotyening his-tuyg‘ularini tasavvur etib bo‘lmaydi, u biroz oldin jamoadoshining qoni to‘kilgan joyda darvozani himoya qilishga majbur bo‘lgandi.

    “O‘zim bilan faxrlanaman. Taslim bo‘lmadim va ko‘zlarimni yummadim. Qanday kesilgan edi... Shulardan keyin ham men vahimaga tushmadim. Yashab qolish uchun hamma narsani qildim”, — deydi Klint.

    https://www.instagram.com/p/B31fhrepg27/?utm_source=ig_embed&ig_rid=d37f88c3-fb00-481f-b693-c0b46b8a505d

    Darvozabonni qutqarish operatsiyasi deyarli bir yarim soat davom etdi. Xokkeychi 1/3 qism qonidan (1,5 litr) ayrilgandi. Malarchukning bo‘yniga 300 ga yaqin chok tushdi: agar Tattlning konkisi 3 millimetr yuqoriroq ko‘tarilganda, Klintning o‘limi muqarrar edi. Unga omad kulib boqdi, operatsiyaning ertasigayoq Malarchuk shifoxonadan chiqdi va uyiga yo‘l oldi.

    Shu voqeadan keyin NXL darvozabonlar uchun yangi himoya elementini kiritdi.

    Bir qarashda, xokkey tarixidagi eng dahshatli jarohat haqidagi voqea baxtli yakun topdi. Biroq, Malarchuk boshidan o‘tkazgan voqealardan so‘ng butun hayoti davomida ruhiy muammolarga duch keldi. Klint uzoq vaqt tungi dahshatlardan azob chekardi va kutilmaganda sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bo‘lishi mumkinligi haqidagi o‘ylar tinchlik bermasdi.

    Foto: Radio Canada

    Foto: Radio Canada

    U xokkeyga qaytdi, lekin doimiy qo‘rquv va vahima tufayli o‘z salohiyatini to‘la namoyon eta olmadi. Biroq, “Agar Stiv Tattlning konkisi 3 millimetr balandroqqa tegsa nima bo‘lardi?”, degan savol “Baffalo”ning sobiq darvozaboniga xotirjamlik va hammasi yomonroq tugashi mumkinligini tushunish imkonini beradi.

    23.03.2022, 23:46   Izoh (0)   95926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kilian Mbappe Pol Pogbaga “PSJ”dagi vaziyatdan bezor bo‘lganini aytgan

    23.03.2022, 22:28

    Muhammad Saloh A Seriyaga qaytishi mumkin. Unga Italiya grandi qiziqmoqda

    23.03.2022, 21:01

    Dubai Cup—2022. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yengildi

    23.03.2022, 20:10

    APLning 2021/22-yilgi mavsumdagi eng tezkor futbolchisi aniqlandi

    23.03.2022, 19:24

    Roman Abramovich turk klubini sotib olishi mumkin

    23.03.2022, 18:20

    Foto: Eldor Shomurodov otasiga Toyota Land Cruiser avtomobilini sovg‘a qildi

    23.03.2022, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.