Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 3 metrlik ilon chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Telegram’dagi “Ekologuz” kanali holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Telegram-kanal tarqalgan xabarlar yuzasidan Jizzax viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati kotibi Zamira Abdullayeva bilan bog‘lanib, ma’lumotga oydinlik kiritgan. Unga ko‘ra, bu turdagi ilonlar O‘zbekiston hududida uchramaydi. Video va suratlardagi piton iloni G‘allaorol tumani “Olimlar” mahallasi hududidagi ochiq maydonga sel bilan oqib kelgan va cho‘ponlar tomonidan topilgan.
“Ilon qayerda va kim tomonidan suvga tashlangani haqidagi to‘liq ma’lumotlar bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi“, — deydi axborot xizmati rahbari.
Izoh (0)