Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan shahri tarkibida bo‘lgan Yangi Namangan tumani hokimligining ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Foto: Ilyosbek Boydedayev

2021-yilning 24-aprelida Oliy Majlis Senati qarori bilan Yangi Namangan tumani tashkil etilgandi. 8 ming gektardan oshiq maydonni egallagan tuman tarkibiga Namangan shahridagi 79 ta mahalladan 24 tasi o‘tkazildi.

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Tuman hokimligi uchun ma’muriy idora sifatida esa foydalanilmay turgan sobiq oziq-ovqat kasb-hunar kolleji binosi tanlandi.

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Bino qariyb bir yil davomida mukammal ta’mirlanib, ko‘rkam va zamonaviy qiyofaga keltirildi.

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Foto: Ilyosbek Boydedayev

“Bu yerda hokimlikdan tashqari yana 18 ta tashkilot jamlandi. Jumladan, soliq inspeksiyasi, davlat xizmatlari markazi, FHDY, moliya, mahalla, madaniyat, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, bandlikka ko‘maklashish, pensiya bo‘limlari va xalq qabulxonasi ma’muriy bino tarkibidan joy oldi. Bu hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun davlat idoralaridagi yumushlarini bir yerda hal etish imkoniyatini yaratadi”, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Abbosbek Sattarov.

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Yangi Namangan tumani hokimligining ma’muriy binosi foydalanishga topshirish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirok etdi.

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Foto: Ilyosbek Boydedayev

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi