Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Sessiyada shahar tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish va tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tumani hokimligiga Jobir Abdullayev nomzodini taklif qildi.

Deputatlar va faollar nomzod yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Nomzod ular tomonidan ma’qullandi.

Jobir Abdullayev 1984-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

2008—2019-yillar davomida “Namangan elektr tarmoqlari” AJda turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 2019—2020-yillarda Namangan shahar hokimining o‘rinbosari bo‘lgan.

Jobir Abdullayev 2020-yildan to shu kunga qadar Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri sifatida ishlab kelayotgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?