• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Vaziyat o‘zgarmasa, bu yerlarda yurishdan foyda yo‘q”. Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar bilan suhbat

    Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy yurish boshlaganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay mamlakat sanksiyalar “yomg‘iri” ostida qoldi. Aviaqatnovlarga taqiq qo‘yildi. Xalqaro pul o‘tkazmalari bekor qilindi. Ko‘pgina xalqaro kompaniyalar mamlakatda filiallarini yopib, hamkorlikni to‘xtatdi. Bu holat mamlakatdagi fuqarolardan tashqari muhojirlar, mingdan ortiq begona yurt ishchilari hayotiga qay darajada ta’sir ko‘rsatyapti?

    “Daryo” Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘lanib, hozirda ro‘y berayotgan voqealar ularning hayotini nechog‘lik o‘zgartirayotgani va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Dilafro‘z Jo‘rayeva, 42 yosh. Farg‘ona viloyatidan

    “Muhojir o‘gay bolaga o‘xshaydi” 

    13 yildan beri Rossiyaning Samara shahrida yashayman. Yillar davomida muhojirlarga nisbatan munosabat turlicha bo‘lgan va bo‘lmoqda. So‘nggi 3-4 yilda esa vaziyat yanada taranglashdi.

    Avval koronavirus sabab pandemiya boshlandi. Karantin cheklovlari tufayli minglab odam ishsizga aylandi. Endi esa Ukraina va Rossiya urushi...

    Hozirgi qaltis vaziyatda iqtisodiy tomondan hammadan ko‘proq muhojirlar aziyat chekishi aniq. Ayniqsa, dollar kursining keskin ko‘tarilgani ortidan rubl qiymatini yo‘qotdi. Avval 400 dollarga ishlagan muhojirning oylik tushumi endi 200 dollarga tushdi-qoldi.

    Samara shahrida har oylik hujjat to‘lovi 4419 rublni, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish esa 4000 rublni tashkil etadi.

    Bundan buyog‘iga ular shu mablag‘i bilan yeb-ichishi, ijara puli va har oylik rasmiy hujjatlar to‘lovini amallashi kerak. Muhojir oiladagi o‘gay bolaga o‘xshaydi. Uni hamma siltayveradi. Musofir yurtda ham shunday. Uning iqtisodiy-ijtimoiy muammosi aynan o‘sha davlat uchun qiziq emasligini hisobga olsak, bugun Rossiya uchun ham shunday.

    Ishsiz qolgan yurtdoshlarimiz ko‘p. Ketishga tayyorlanayotganlari ham yetarlicha. O‘zi narx-navo har yili sezilarli tarzda oshadi. Lekin bugungi tarang vaziyatda shu ham muhojirlarga qo‘shimcha yuk bo‘lyapti.

    Bizning oilada noxush holatning ta’siri hozircha sezilgani yo‘q. Turmush o‘rtog‘im ikkimiz meva va gullardan buyurtmaga guldasta tayyorlaymiz. Mahalliy aholi bilan ishlaganimiz, naqd pulga savdo qilganimiz uchun hozircha ahvolimiz durust.

    Zafar Eshonqulov, 57 yosh. Qashqadaryo viloyatidan

    “Agar vaziyat o‘zgarmasa, bu yerlarda yurishdan foyda yo‘q”

    Besh bolamni boqish, o‘qitib, oliy ma’lumotli qilish niyatida 2005-yili shu yerlarga kelganman.

    Chita shahridagi xususiy korxonada payvandchi bo‘lib ishlayman. Korxonaning yoqilg‘i quyish shoxobchalari ham bor. Shu joylarda nima ish bo‘lsa, bajaraveraman. Boshlig‘imiz menga ishonadi. Shuning uchun 17 yildan beri ishlab kelyapman.

    Hozirgi vaziyatda ruslar uchun hech narsa o‘zgargani yo‘q. Lekin narx-navolar oshgan. Dollar oshgani hisobiga topgan pulimizni uyga yubora olmayapmiz. Agar vaziyat o‘zgarmasa, bu yerlarda yurishning foydasi yo‘q.

    Ochig‘ini aytsam, oiladan uzoqda, sovuq ob-havoda yashash jonimga teggan edi. Chitada qahraton 45-50 darajagacha sovuq bo‘ladi. Ishimiz sabab tashqarida yurishga majburmiz. Qolgan umrimni oilam, nabiralarim bag‘rida o‘tkazish niyatida kuzda bu yerlardan butunlay ketmoqchi edim. Ayni kunlardagi holat qarorimni yana ham tezlashtiryapti. Mabodo yo‘llar ochilib, vaziyat yaxshilansa, darrov ketishga otlanaman.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Shahnoza Saidqulova, 39 yosh. Surxondaryo viloyatidan

    “Rubl tushib, topayotgan pulimiz ‘kopeyka’ bo‘lib qoldi”

    O‘zimizda tayinli ish topolmay, majburlikdan 2010-yili turmush o‘rtog‘im ikkimiz Rossiyaga ishlagani keldik. Dastlab Tver shahridagi bir restoranda idish yuvuvchi bo‘lib ishladim. Oyligim 1000 dollar atrofida edi. Erim esa yuk tashuvchi edi. Maoshim yaxshi edi-yu, faqat 15-17 soatlab ishlardim. Keyin direktorimiz chaqqonligim va til bilishimni ko‘rib, ovqat tarqatish bo‘limiga oshpaz qilib tayinladi. 

    Erim esa hozir shu restoranda ish boshqaruvchi bo‘lib ishlaydi. Atrofimizda o‘zbekistonliklar juda ko‘p. Adashmasam, 40 foiz vatandosh shu yerda qurilishda, tozalashda ishlaydi, yana oshpaz, taksist bo‘lib yurganlari qancha.

    So‘nggi vaqtlardagi voqealardan keyin ishda qisqartirishlar bo‘lmadi-yu, lekin rubl tushib, topayotgan pulimiz “kopeyka” bo‘lib qoldi. Qolaversa, hamma narsaning narxi oshib ketgan. Biz yashaydigan shaharda kattakon zavod, ko‘plab brend do‘konlar yopildi. Ishchilari esa endi ishsiz, daromadsiz qoldi. Tabiiyki, ruslar birinchi bo‘lib o‘z fuqarolarini ish bilan ta’minlaydi. Endi muhojirlarni yanada ezish boshlanadi. Ayniqsa, bu yerning hokimi migrantlarni yomon ko‘radigan millatchi odam.

    Tver shahrida butun Rossiya bo‘yicha qimmat patent to‘lovi bor. 7000 ming rublga chiqqan. O‘z fuqarolari ishsiz qolgach, endi bizni chiqarib yuborishga urinishadi. Ammo ketolmaymiz. Chunki yurtimizda shu pulni ham topa olmaymiz.

    Mehriddin Sattorov, 36 yosh. Samarqand shahridan

    “Yo‘llar ochilsa, ketamiz. O‘zbekistonda ham hozir sharoit yaxshi-ku!”

    2011-yil yanvar oyidan beri Sankt-Peterburg shahrida taxta kesish sexida ishlayman.

    Bo‘layotgan urush turmushimizga juda yomon ta’sir qildi. Zavodda avval operator bo‘lib ishlardim. Urush boshlanganidan keyin uch smenalik ishimiz bitta qilib qo‘yildi. Ko‘pchilik ishdan bo‘shatildi. Men ham zavoddagi boshqa ishga o‘tkazildim. Hozir traktorda yog‘ochlarni tashiyman.

    Maoshimiz ishlagan kunimizga qarab beriladi. Bir kunda 2500 rubl olaman, yog‘och kesadiganlarga esa kesgan yog‘ochlari soniga qarab pul to‘lanadi. Ish kamaygan. Ikki kunda bir ishga chiqyapmiz. Xo‘jayin zavodni yopsak ham kerak, deydi.

    Vatanga qaytmoqchimiz. Birinchidan, ish yo‘q, ikkinchidan, dollar juda yuqorilab ketdi. Topganimizni ham yubora olmayapmiz.

    Men bilan birga ishlaydigan ikki hamqishlog‘im uyiga qaytish uchun bilet olgandi. 8-martda uchishi kerak edi, lekin negadir reys qoldirilibdi, ketolmadi. Eshitishimcha, pulini ham qaytarib berishmabdi.

    Biz ham yo‘llar ochilsa, ketamiz. O‘zbekistonda ham hozir sharoit yaxshi-ku! Rostmi-yolg‘onmi, odamlar 3-4 million oylik olyapti ekan. Rejam — tezroq ortga qaytib, oilam oldida ishlash.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Aliyorbek Mahmudov, 29 yosh. Farg‘ona viloyatidan

    “Bilet tugul oziq-ovqatga ham pul yo‘q” 

    O‘tgan yili uy-joy qilish, mashina olish maqsadida Rossiyaga ishlagani kelgandim. Dastlab, Moskvadagi qurilish firmasiga joylashdim. Oyligim 75 ming rubl atrofida, urush boshlangungacha hammasi joyida edi.

    Fevraldan boshlab maosh kechiktirilishi boshlandi. Chunki barcha zarur qurilish anjomlari chet eldan kelar edi. Hozirgacha fevral va mart oyi uchun haqimizni ololmadik. Ertadan ish joyimizdan chiqarib yuboradi. Uyga qaytay desam aviachipta narxi osmonda (25-30 ming rubl).

    Ochig‘ini aytsam, bilet tugul oziq-ovqatga ham pul yo‘q. Muhojirlarga hech qanday amaliy yordam berishmayapti.

    Endi kunlik ish topib bo‘lsa ham ketishga yetarli pul jamg‘arib, uyga qaytaman.

    Suhrob, 25 yosh. Samarqand viloyatidan

    “Hujjatlaring joyida bo‘lsa ham, qo‘lga tushsang — yo qamoq, yo jarima” 

    2016-yildan beri Sankt-Peterburg shahrida ishlayman. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlar boshlangach, hayotimizdagi o‘zgarishlardan eng kattasi ro‘y berdi — dollar kursi oshdi.

    Qolaversa, ish o‘rinlari qisqargach, oldinlari uyiga 500 dollardan yuboradigan tanishlarim (shu qatori men ham) endi 300 dollar jo‘natishga ham rozi. Ishsizlik ko‘paygani sari oxirgi payt faqat kunlik xarajatlarga ishlab yuribmiz.

    Tekshiruvlar kuchaygan. MDH davlatlari fuqarolari ishlaydigan ishxona, turar joylarida reydlar ko‘payib boryapti. Kimdir shu payt qo‘lga tushsa, yoppasiga 5 ming rubldan jarimaga tortiladi (hatto hujjatlari joyida bo‘lsa ham, baribir sabab topishadi). Hozir ko‘pchiligimiz voqealarning yomon tarafga o‘zgarishidan vahimaga tushib, qo‘rqib yashayapmiz. Go‘yo jahon urushi boshlanib ketadi-yu, shu yerlarda o‘lib ketadigandekmiz.

    Aviareyslar avvalgidan kam. Talab keskin oshgani uchun bilet narxi uch barobar qimmatlashdi.

    Hozircha “Yandeks Yeda”da kuryerman. Urush tufayli tushum kamaygan. Oxirgi yigirma kun ichida pulni tejash boshlandi. Oldinlari 8 soatda 2500 rubl ishlardik, hozir 1700-1900 rubl atrofida.

    Oilamizda hamma ishlaydi. Oyim bilan ukam Istanbulda. Meni ham oldilariga chaqirishyapti. Chunki onam so‘nggi voqealardan juda xavotirda, biroq u yerda ham oylik ko‘ngildagidek emas. 2000-3000 lira emish. Ketish kerakmi yoki qolish? Hozir faqat shuni o‘ylayapman. Boshim qotgan.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ulug‘bek Akramov, 22 yosh

    “Turkiyaga ketay desam, u yerda ham shu ahvol. Qozog‘istonda ham”

    O‘tgan yil sentabrida Rossiyaga kelganman. Dastlab Podmoskovyeda ishlab chiqarish sexida oddiy ishchi bo‘lib besh oy ishladim. Oylik 50-60 ming rubl edi (600-700 dollar). Lekin shunga qaramay, oyligimni uchdan biri — patent, yeb-ichish, kvartira, gohi dori-darmon kabi chiqimlar bo‘lardi. Masalan, kvartira kishi boshiga 3 ming rubl, yeb ichishga o‘rtacha 7 ming rubl, patentga 6 ming rubl sarflardik. Xullas, har oy chiqimlarga 200 dollar ketsa, uyga 400-500 atrofida yuborardim. Yaqinda Moskvaga ko‘chib, ustachilik qila boshladim.

    Rossiya bozorlarida ham narxlar o‘smoqda. Bu yerga migrantlarning ko‘pi uylanaman, mashina olaman, uy-joyimni tiklayman deb kelgan. Ulardan qanchasi qurilishda ishlab, ehtiyotsizlik qilib nogiron bo‘lgan, hatto olamdan o‘tib, o‘ligi sarson bo‘lganlar ham bor.

    Oilada yolg‘iz boquvchiman. Turkiyaga ketay desam, u yerda ham shu ahvol, Qozog‘istonda ham. Mas’ul rahbarlardan Yevropaga viza olishni soddalashtirishni so‘rardim.

    Fazliddin Mamasoliyev, 30 yosh. Andijon viloyatidan

    “Rahbarlar oyliklar kechikishini, lekin ustama qo‘shib berilishini va’da qilishdi”

    Rossiyaning Amur viloyatida Yamata gazni qayta ishlash zavodida ishlayman. Bu yerda o‘zbeklardan tashqari Yevropa va Hindistondan kelgan 6000 dan ziyod muhojir ishlaydi.

    Men bu yerda truba montajchisi bo‘lib ishlayman. Oyligim 48 ming rubl atrofida edi.

    Mamlakatda dollar kursi oshib ketgani sabab nafaqat o‘zbeklar, balki bu yerda ishlayotgan boshqa millat muhojirlari ham qiyin ahvolga tushib qoldi. Masalan, yanvardagi oyligimni 100 dollarni 7600 rubldan hisoblaganda 600 dollardan oshgandi. Hozirgi kurs bo‘yicha esa...

    Qolaversa, ikki kun oldin zavod rahbarlari bizlarni to‘plab, hozirgi murakkab vaziyat tufayli oyliklar biroz kechikishini, lekin oylikka qo‘shib ilgari qancha dollar jo‘natayotgan bo‘lsak, shuni hisoblab oyliklarga ustama qo‘shib, martning so‘ngigacha plastik kartalarimizga tushishini va’da berishdi. Hozircha yaxshi yangilik shu bo‘lib turibdi, lekin, qo‘rqamanki, eng yomoni hali oldinda...

    18.03.2022, 19:08   Izoh (0)   105563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.