Daryo

Western Union Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatdi

Kompaniya bu qarorni qabul qilish oldindan turli manfaatdor tomonlar bilan keng ko‘lamli muloqotlar olib borgan

1 daqiqa o‘qish36 280 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Western Union xalqaro pul o’tkazish tizimi Rossiyada va Belarusdagi xizmatlarini to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg
Qayd etilishicha, kompaniya bu qarorni qabul qilish oldindan turli manfaatdor tomonlar bilan keng ko‘lamli muloqotlar olib borgan.
Ichki va tashqi mulohazalarni, jamoadoshlarimiz, hamkorlarimiz va mijozlarimiz uchun oqibatlarini har tomonlama ko‘rib chiqib, Rossiya va Belarusda faoliyatimizni to‘xtatishga qaror qildik, —  deyiladi xabarda.
Western Union global moliyaviy tarmog‘i 200 dan ortiq mamlakatlar va 130 dan ortiq valyutalarni birlashtiradi. 

Avvalroq Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar