Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2022-yilning 1—15-mart kunlari davomida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilindi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
O‘tkazilgan tadbirlarda, mart oyining o‘tgan 15 kuni davomida respublika bo‘yicha 106 ta holatda ulurji iste’molchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda 7 million 864 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlangan. Buning natijasida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 7 milliard 646 million so‘m zarar yetkazilgan.
Ushbu miqdordagi tabiiy gaz 583 ming xonadonning bir kunlik (yoki Farg‘ona va Namangan viloyatlari jami aholi xonadonlarining 1 kunlik iste’moliga teng) iste’molini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Farg‘ona viloyatida 5 million 6 ming kub metr yoki 5 milliard 6 million so‘m, Buxoro viloyatida 1 million 128 000 kub metr yoki 1 milliard 127 million so‘m hamda Surxondaryo viloyatida 596 ming kub metr tabiiy gaz yoki 593 million so‘mni tashkil etgan.
Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—fevral oylarida bir million xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.
Mavzuga doir:
- Toshkent viloyatidagi zapravka 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
- Energetika vazirligi qariyb 17 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanilganini aniqladi
- Toshkent viloyatidagi ikkita gaz zapravka 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Izoh (0)