O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston biatlon federatsiyasining navbatdan tashqari II konferensiyasida mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodirjon Tursunov federatsiya raisi lavozimiga saylandi. Bu haqida Mudofaa Vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda federatsiya raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Abdusamatov biatlon federatsiyasi rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning yanvar oyida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.
Ma’lumot uchun, 18-fevral kuni Turizm va sport vazirligi ikkita alohida, Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklariga bo‘lingan edi. Sportni rivojlantirish vaziri sifatida Adham Ikromov tayinlangandi. Avazjon Karimov esa 9-mart kuni sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi etib tayinlangandi.
Izoh (0)