Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tumanning Sodiq Azimov ko‘chasida 39 yoshli haydovchi D.K. boshqaruvidagi Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan fuqaroni (1962-yildan tug‘ilgan) urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u 12-mart kuni soat 02:40 da vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda 70 yoshli fuqaro avtobus bosib yuborishi oqibatida vafot etgani, Parkentda Lacetti 20 yoshli piyodani urib ketib, ag‘darilgani, Jizzaxda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ayolni urib ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)