Daryo

Toshkentda mast piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Avtobus svetoforda to‘xtash uchun sekinlashgan, shu payt yo‘l chetidagi mast fuqaro muvozanatni yo‘qotib, transport vositasi tagiga yiqilgan

1 daqiqa o‘qish68 764 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Olmazor tumanida 6-yanvar kuni yo‘lovchi avtobusi piyodani bosib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi 6-yanvar kuni soat 19:50 atrofida Usta Shirin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Isuzu rusumli avtobus haydovchisi (1964-yilda tug‘ilgan, ish staji — 35 yil) 43-sonli yo‘nalishda harakatlanib borayotib, Jomiy qurilish bozori oldidagi svetoforda to‘xtash uchun sekinlashgan. Shu vaqt yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagida ketayotgan piyoda to‘satdan muvozanatni yo‘qotib, avtobus tomonga yiqilgan.

Oqibatda fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, u mast bo‘lgan.

Hozirda YTH bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar