So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Surxondaryoda Facebook orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxs ushlandi

    10.03.2022, 22:29 12868

    Surxondaryoda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Oxirat hisobi” nomli profil orqali aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi videolar tarqatib kelgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

    DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda profil egasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro B.A. ekani aniqlangan.

    Uning profilida noma’lum ijrochiga tegishli bo‘lgan “Nasheed – axi anta xurrun” (“Brat, ti svoboden”) nomli video tarqatilgan. Yana bir video “Mavla va qud” (“Mavlaya kod nashida”) deb nomlangan.

    Shuningdek, B.A.ning telefon raqamiga ochilgan Telegram akkaunti orqali ham “Uch xil odamning ibodati qabul bo‘lmaydi” nomli Rashodxon domlaning ma’ruzasi tarqatilgan.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasida B.A. tomonidan tarqatilgan materiallar aqidaparastlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangani ko‘rsatilgan.

    Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.A.ga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Avvalroq Sirdaryoda xalqaro terroristik tashkilotga a’zoligi uchun qamalgan mahkum qamoqxonadan turib ekstremistik guruh tuzgani aniqlangan edi.

    Mavzuga doir: 

    • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ekstremistik tashkilotlarga aloqador 24 nafar shaxs qo‘lga olindi
    • Surxondaryoda Suriyadagi jangarilar lageriga qo‘shilishni rejalashtirgan 21 yoshli yigit ushlandi
    • Surxondaryoda Telegram orqali Abdulloh Zufarning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan shaxs ushlandi
    • Farg‘onada 19 yoshli IShID tarafdori qo‘lga olindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tayvandagi fabrikada yong‘in chiqib, besh kishi halok bo‘ldi

    Bugun, 13:07

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    Bugun, 12:45

    O‘zbekiston gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi

    Bugun, 11:30

    OTB hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozlari yaxshilandi

    Bugun, 11:30

    Ukraina Rossiyaning Qora dengiz floti qarorgohiga zarba berishda Storm Shadow raketalaridan foydalangan — OAV

    Bugun, 11:08

    32 yoshli David de Xea faoliyatini yakunlashi mumkin

    Bugun, 10:30

    “O‘zgidromet” 24-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    Bugun, 10:24

    “Barselona” Xavi bilan hamkorlikni davom ettiradi

    Bugun, 10:12

    “Sharq” majmuasining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekani tekshiriladi

    Bugun, 10:08

    Tavsiya etamiz

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    13:00 / 22.09.2023

    Chustdagi bolalar zaharlanishi bo‘yicha Bosh prokuratura jamoatchilikdan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi 

    01:00 / 22.09.2023

    Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    13:00 / 22.09.2023

    Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning asosiy mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi — WSJ

    19:00 / 22.09.2023

    Ukraina Rossiyaning o‘ta “nozik” joyiga zarba berdi — Britaniya razvedkasi 

    18:00 / 22.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?