Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Toshkentdan Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reyslar 9-martdan 14-martgacha tashkil etiladi. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar esa 11, 13 va 14-mart kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq 13 va 20-mart kunlari Toshkent—Yekaterinburg—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha, 9, 16 va 23-mart kunlari Toshkent—Novosibirsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways esa Rossiya havo hududining bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklov sabab bir qator shaharlarga parvozlar jadvali va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, 3-martdan 26-martgacha O‘zbekiston—Sochi—O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etilib, Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga rejalashtirilgan parvozlar Sochi shahriga amalga oshiriladi.

Shuningdek, Rossiyaning iFly aviakompaniyasi 5-mart sanasidan boshlab O‘zbekistonga bajarilishi kutilayotgan hamda barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatgandi. Shuningdek, Smartavia aviakompaniyasi ham 7-mart kuniga rejalashtirilgan Moskva—Urganch—Moskva yo‘nalishidagi parvozni bekor qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi