Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridan Rossiyaning Novosibirsk shahriga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways.

Qayd etilishicha, 9, 16 va 23-mart kunlari Toshkent—Novosibirsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar joriy etiladi. Parvozlar jadvali quyidagicha:

  • Toshkentdan uchish: 14:00 (Toshkent vaqti bilan)
  • Novosibirskka yetib borish: 17:00 (Novosibirsk vaqti bilan)
  • Novosibirskdan uchish: 18:30 (Novosibirsk vaqti bilan)
  • Toshkentga yetib borish: 21:30 (Toshkent vaqti bilan)
Avvalroq 13 va 20-mart kunlari Toshkent—Yekaterinburg—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways esa Rossiya havo hududining bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklov sabab bir qator shaharlarga parvozlar jadvali va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, 3-martdan 26-martgacha O‘zbekiston—Sochi—O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etilib, Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga rejalashtirilgan parvozlar Sochi shahriga amalga oshiriladi.

Shuningdek, Rossiyaning iFly aviakompaniyasi 5-mart sanasidan boshlab O‘zbekistonga bajarilishi kutilayotgan hamda barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatgandi. Shuningdek, Smartavia aviakompaniyasi ham 7-mart kuniga rejalashtirilgan Moskva—Urganch—Moskva yo‘nalishidagi parvozni bekor qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda