• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    SSSR tajovuziga qarshi tuzilgan harbiy alyans

    So‘nggi kunlarda butun dunyoning e’tibori Rossiya—Ukraina urushiga qaratilgan. Dunyoning yetakchi mamlakatlari rahbarlari, mashhur insonlar, umuman, qalbida zarracha bo‘lsa ham insoniylik qolgan kimsa borki, bu urush tezroq tugashini istamoqda. Chunki sababi-yu bahonasidan qat’i nazar, har qanday urush — bu yetim qolgan bolalar, beva ayollar, farzand dog‘ini ko‘rishga majbur bo‘lgan ota-onalar degani...

    Urushga doir xabarlar ichida NАTO degan tashkilot nomi ham bot-bot ko‘zga tashlanmoqda. Xo‘sh, NАTO nima o‘zi? Qachon va nima maqsadda tashkil etilgan? Uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

    NАTO — Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti bo‘lib, Yevropaning aksariyat davlatlarini, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadani birlashtirgan harbiy-siyosiy blok.

    Foto: Globalsentinelng.com

    Foto: Globalsentinelng.com

    Mazkur blok 1949-yil 4-aprelda Yevropani SSSR ta’siridan himoya qilish maqsadida AQShda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga 12 ta mamlakat a’zo bo‘lgan. Bular — AQSh, Kanada, Islandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Daniya, Italiya va Portugaliya. Eng qizig‘i, Sobiq Ittifoq davlati ham NАTOga a’zo bo‘lish uchun 1954 yilda ariza bergan. Аmmo bu ariza tashkilot tomonidan rad etilgan.

    Hozirda NATOga a’zo davlatlar soni 30 taga yetgan. So‘nggi bo‘lib 2020-yilda Shimoliy Makedoniya harbiy alyans a’zosiga aylandi.

    Foto: Nato.int

    Foto: Nato.int

    NATOning belgilangan maqsadlaridan biri tashkilotga a’zo davlatlar hududiga qarshi har qanday tajovuzni to‘xtatish va mudofaani ta’minlashdir. 2010-yilda NАTO “Faol hamkorlik, zamonaviy mudofaa” strategik konsepsiyasida tashkilotning 3 ta asosiy vazifasini ko‘rsatib o‘tdi: jamoaviy mudofaa, inqirozni boshqarish va hamkorlikda xavfsizlikni ta’minlash.

    NATOning dastlabki harbiy operatsiyasi 1992-yil 16-iyulda sobiq Yugoslaviya hududida boshlangan bo‘lib, “Dengiz monitori” deb nomlangan.

    Yugoslaviyaning parchalanishi va bu parchalanishdan keyin tez o‘zgarib borayotgan siyosiy vaziyat NATOning birinchi marta o‘z hududidan tashqariga chiqishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

    Foto: Rferl.org

    Foto: Rferl.org

    NАTOning 21-asrdagi harbiy operatsiyalari Аfg‘oniston va Liviyada o‘tkazilgan. 2001-yildan 2014-yilgacha, naq 13 yil Аfg‘onistonda davom etgan harbiy harakatlarni NАTO “Xavfsizlikni ta’minlashning xalqaro kuchlari” deb nomladi. Ushbu harakatlarga alyansga a’zo mamlakatlarning 130 mingdan ortiq harbiylari jalb qilindi.

    Shuningdek, 2011-yil NАTO harbiy bloki BMTning qaroriga asosan Liviyada “Birlashgan mudofaachi” deb nomlangan operatsiya o‘tkazgan. Bu harakatlarga BMT nizomining 7-bob 42-moddasi asos qilib ko‘rsatilgan bo‘lib, unda agar boshqa chorasi bo‘lmasa, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni kuch bilan saqlash yoki ta’minlash belgilangan.

    Foto: Militarytimes.com

    Foto: Militarytimes.com

    Rossiya—Ukraina urushiga NАTOning qanday aloqasi bor, degan savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ba’zi qo‘shni mamlakatlarning agressiyasidan himoyalanish maqsadida o‘z davlatini NАTOga a’zolikka qabul qilishni so‘ramoqda. Bu esa, tabiiyki, Ukrainaning qo‘shnilaridan biri bo‘lgan Rossiyaga ma’qul kelmayapti.

    Vladimir Putin NАTOning Sharqqa qarab kengayishi va buning oqibatida Ukraina hududida uzoq masofaga zarba yo‘llashi mumkin bo‘lgan qurollarning joylashtirilishiga mutlaqo qarshi. Bu qarshilik natijasida biz hozir Ukrainada guvoh bo‘layotgan vaziyat yuzaga keldi.

    O‘zbekistonning NАTO bilan aloqalari qanday?

    Аvvalo, shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari mamlakat hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik pozitsiyasini tanlagan va bu yo‘nalishda qat’iy turadi.

    Foto: Perconcordiam.com

    Foto: Perconcordiam.com

    1995-yilda O‘zbekiston NАTOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shilgan bo‘lib, aynan shu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirmoqda.

    Xususan, O‘zbekiston NАTOni zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb biladi va aloqalarni rivojlantirish tarafdori. Bu haqida O‘zbekistonning NАTOdagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov o‘tgan yili oktyabrda Shimoliy Аtlantika alyansi bosh kotibining yangi tayinlangan o‘rinbosari, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

    07.03.2022, 17:21   Izoh (0)   44496
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.