• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon OAV vakillari uchun brifing o‘tkazdi

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon 3-mart kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan muloqotda Pokiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Pokiston kuni bayrami bilan yana bir bor tabriklagan. Ushbu tashrif katta tarixiy voqea – mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi arafasida o‘tayotgani ramziy ma’noga ega ekanini alohida ta’kidlagan.

    “Biz Pokiston bilan birgalikda nafaqat ikki mamlakat, balki strategik jihatdan muhim bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik ko‘prigini bunyod etyapmiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Tashrif doirasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimning imzolangani muhim qadam bo‘ldi.

    Farmatsevtika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, bank-moliya va boshqa asosiy yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilgan. Tashrif arafasida o‘tkazilgan ishbilarmonlik tadbirlari natijasida umumiy qiymati 800 million dollarlik 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolangan.

    Tomonlar Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib olgan. Pokiston hududi orqali xalqaro dengiz portlariga chiquvchi Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar strategik temir yo‘lini qurish ishlarini yaqin muddatlarda boshlash muhimligi alohida ta’kidlangan.

    “Asr loyihasi deb atalayotgan Termiz—Mozori-Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘li nafaqat mamlakatlarimiz, balki keng mintaqalarimiz xalqlari umumiy ravnaqiga hissa qo‘shadi, deb ishonamiz”, — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

    Hududlararo hamkorlikda ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlangan. Bu borada Namangan viloyati va Panjob provinsiyasi muvaffaqiyatli namuna ko‘rsatgan. Boshqa hududlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

    Pokiston bosh vaziri bilan muzokaralar chog‘ida mintaqa kun tartibi va Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan samarali fikr almashilgan. Ushbu mamlakatda murakkablashayotgan gumanitar holat jiddiy tashvish va xavotir uyg‘otayotgani qayd etilgan.

    Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirgan. Mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida birgalikda ishlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston va Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotida bir-birini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishda qat’iy ekanini tasdiqlagan.

    Madaniy-gumanitar soha sheriklikning eng muhim va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan.

    “Qadimiy Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston va Pokiston xalqlarini azaldan umumiy tarix, o‘xshash til va boy ma’naviy meros chambarchas bog‘lab turadi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekistonda urdu tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani ta’kidlangan. Pokistonda ham Islomobod zamonaviy tillar universiteti, Panjob va Peshovar universitetlari kabi oliy ta’lim muassasalari negizida o‘zbek tili va adabiyoti, O‘zbekiston tarixini o‘rganishga katta et’ibor qaratilgan.

    “Tashrif davomida salmoqli hujjatlar to‘plamini, jumladan, Strategik sheriklikning navbatdagi qadamlari to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladik. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha bo‘lajak sa’y-harakatlarimiz belgilab olingan. Ma’naviy ildizlardan kuch va ilhom olayotgan aloqalarimiz kelgusida ham xalqlarimizning orzu-intilishlariga va biz tuzayotgan katta-katta rejalarga mos ravishda yangi marralarga ko‘tariladi”, — degan O‘zbekiston prezidenti.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 3–4-mart kunlari Pokistonga tashrif buyurishi xabar qilingandi. Keyinroq davlat rahbari Pokistonga jo‘nab ketgani va yetib borgani haqida xabar berildi.

    Pokiston bosh vaziri qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident mamlakatda bosh vazir Imron Xon bilan tor doirada muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, rahbarlar raisligida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi, strategik sheriklikka oid qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

    04.03.2022, 01:29   Izoh (0)   42482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors avtomobillarning yangilangan narxlarini e’lon qildi

    04.03.2022, 01:08

    Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon strategik sheriklikka oid qo‘shma deklaratsiyani imzoladi

    04.03.2022, 01:01

    Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon raisligida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    04.03.2022, 00:46

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan tor doirada muzokara o‘tkazdi

    04.03.2022, 00:39

    “O‘zbekiston terrorchilikka qarshi kurashda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi” – Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov

    03.03.2022, 23:45

    Samarqandda bozor nazoratchisi fuqaroni “samosud” qilgani aytildi (video)

    03.03.2022, 23:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Kino | 8 avgust, 20:35

    Sun’iy intellekt chatbotlari bilan doimiy muloqot psixozni keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 20:20

    “Real Madrid” Vitinyaga qiziqish bildrimoqda

    Sport | 8 avgust, 20:17

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.