Markaziy bank 3-mart kuni jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari soni bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 3-mart kuni aholi tomonidan 28 mln dollarlik valyuta tijorat banklariga sotilgan bo‘lsa, 26,3 mln dollarlik valyuta sotib olingan. Yevro bilan esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 118 ming va 68 ming yevroga teng bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Markaziy bank tomonidan 5,4 mln rubllik valyuta xarid qilingan. Jismoniy shaxslarga sotilgan valyutaning hajmi 60 mln rubldan oshgan. Shu tariqa xarid qilingan va sotilgan valyuta orasidagi farq 55 mln rublni tashkil qildi.
Avvalroq Markaziy bank rubl qadrsizlangani sabab zaruriy choralar ko‘rishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)