Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jurnalist Muxbir Daliyev Telegram kanalida maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan yagona elektron ta’lim platformasi “Kundalik.com” tizimida ayollar gigiyenik vositasi reklama qilingani aks etgan suratni e’lon qildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi holatga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

Qayd etilishicha, o‘sib kelayotgan yosh avlodga reklama ta’sirida ma’naviy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida agentlik tomonidan “Kundalik” MChJga voyaga yetmagan shaxslarga mo‘ljallanmagan mahsulotlarning reklama va marketingiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha so‘rov xati yuborilgan. Natijada mazkur reklama “Kundalik” platformasidan olib tashlangan.

Ma’lumot uchun, platformadan foydalanish uchun o‘quvchi oyiga 10 ming so‘m to‘lov qiladi. Hozirda “Kundalik.com” tizimida O‘zbekistonda 5—6 million o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Jami to‘lovlar miqdori 5,5 million dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston maktablarida “Kundalik” elektron tizimini tatbiq etish 2019-yildan boshlangan edi. Boshlang‘ich davrda tizimdan foydalanish bepul bo‘lgan, 2020-yil noyabridan pullik tartibga o‘tgan. O‘shanda tizimdan bir yillik foydalanish bahosi bir o‘quvchi uchun 9200 so‘m edi.

Ushbu tizimning tatbiq etilishi o‘qituvchi va ota-onalarning barchasi tomonidan ham birdek iliq kutib olinmagan. Xususan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taklif etilayotgan pullik kundalik tizimi bolalarning bepul ta’lim olish huquqiga daxl qilmaydimi, degan masala muntazam kun tartibiga chiqib turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi