Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistondagi elektron kundalik platformasi uchun ajratilgan sinov muddati tugagani munosabati bilan platformaning boshqa funksiyalaridan foydalanish uchun endilikda obuna bo‘lish lozim bo‘ladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda 2020-yilning avgust oyida yangi 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab 1200 ta maktabda qog‘oz kundaliklar va jurnallar bekor qilinishi ma’lum bo‘lgandi.

Elektron kundalik platformasiga yillik obuna narxi qog‘oz kundalikning o‘rtacha narxiga teng — 9200 so‘m. Uch va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud.

Ushbu pul to‘langach, ota-ona va o‘quvchining istagan boshqa yaqin qarindoshlari bir kalendar yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

Elektron to‘lovning ikki yo‘li mavjud — plastik karta hamda Click to‘lov tizimi orqali. Elektron kundalik uchun to‘lovni amalga oshirish yo‘riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Kundalik obunasi uchun to‘lovni 30-noyabrdan e’tiboran amalga oshirish mumkin. 23-noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlanadi.

Ota-onalarga o‘zlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini ko‘ra olishlarini tekshirishlari tavsiya etiladi. Elektron kundalikda ota-onaning bitta akkauntiga har bir farzandini “bog‘lash” mumkin. Buning uchun bola ta’lim olayotgan muassasaga murojaat qilish lozim.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar 1557 ta maktab elektron kundalik tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, shundan 1482 maktab qog‘oz jurnal va kundalikdan butunlay voz kechgan. 2020-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 10 008 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 6 236 751 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi