• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    AgroInsurance Conference 2022: yangi agrotexnologiyalar, hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar

    Semurg Insurance kompaniyasi 18-fevral kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida agrosug‘urta bo‘yicha AgroInsurance Conference 2022 birinchi xalqaro konferensiyasini o‘tkazdi. Tadbirga taklif etilgan qishloq xo‘jaligi va agrosanoatni sug‘urtalash sohasidagi xalqaro ekspertlar tavakkalchiliklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining samaradorligini oshirish kabi muhim mavzularda fikr yuritib, tajribalari bilan bo‘lishishdi.

    Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, yalpi ichki mahsulotning 25 foizidan ortig‘ini ta’minlaydi. Agrar tarmoqning barqaror o‘sishi va rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan.

    BMTning Jahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tahliliga ko‘ra, yangi ming yillik boshlanishi bilan anomal ob-havo bilan bog‘liq holatlar 4 barobar ko‘proq ro‘y bermoqda, keyingi yillarda esa O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari noqulay iqlim hodisalari oqibatida yirik zarar ko‘rib kelmoqda. Ayoz, kuchli yog‘inlar, tuproq yuzasining qotib qolishi natijasida qayta ekish, shamol, yong‘in, haroratning o‘sib-pasayishi, hosilni yig‘ish davrida ortiqcha namlanish shular jumlasidan.

    Ushbu muammolar AgroInsurance Conference 2022 konferensiyasida mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ekspertlari tomonidan keng yoritildi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazi direktorining o‘rinbosari Shavkat Kenjaboyev respublikamizda suv ta’minotining joriy holati to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi: “O‘zbekistonning suv resurslari umumiy iste’molning atigi 20 foizini tashkil etadi, suv tanqisligi va qurg‘oqchilik agrar tarmoqdagi eng katta muammolardan biridir”.

    O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadiqiqot instituti katta ilmiy xodimi, o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Ilhom Isomiddinov karantin zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarning aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash va ularning eksportiga ta’siri to‘g‘risida muhim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. O‘z ma’ruzasida bugungi kunda O‘zbekiston hududida 88 turdagi zararkunanda va 40 dan ortiq turdagi o‘simlik kasalliklari qayd etilganini ta’kidladi.

    Bunday xavf-xatarlarning agrar tarmoqqa katta ta’sir ko‘rsatayotgani va sug‘urta himoyasiga oqilona yondashuvni talab etayotgani shubhasiz.

    Konferensiyaning markaziy voqeasi O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan sug‘urta mahsulotining taqdimoti bo‘ldi. Mahsulot haqida Semurg Insurance kuzatuv kengashi raisi va Challenge Group xalqaro brokerlik guruhi bosh direktori Georgiy Lavrishev so‘zlab berdi. Xususan, mahsulotning o‘ziga xosliklari ochib berilib, uning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, zararni kamaytirish va shu bilan bir vaqtda agrar ishlab chiqaruvchilarga hosilsizlik ro‘y berganda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lov olish imkonini beruvchi ikkita prinsipial muhim jihati ko‘rsatib o‘tildi.

    Bular:

    Semurg Insurance’dan hosilni sug‘urtalash xizmati yetkazilgan zararni aynan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisiga qoplab beradi. Ilgari bozorda moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha odatdagi polislar ommaviy bo‘lgan, lekin bunday polislar faqat bank manfaatlarini himoya qiladi. Hosilni sug‘urtalash mahsuloti esa bevosita agrar ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi.

    Yangi mahsulotning vazifasi — hosilsizlik ro‘y berganda zararlarni qoplashgina emas, balki avvalboshdan tavakkalchiliklarni kamaytirish. Semurg Insurance agrar soha ekspertlaridan iborat jamoani to‘plagan va o‘z mijozlariga keng qamrovli maslahatlarni taklif etadi. Tajribali baholovchilar, qurg‘oqchilik bo‘yicha ekspertlar, tuproqshunos va agronomlar dalalarni ko‘zdan kechiradi, tuproqni, agrotexnologiyalarni tahlil qiladi, o‘simliklar kasalliklari va zararkunandalarni laboratoriyada o‘rganadi. Barcha jarayonlarni maqbullashtirish bo‘yicha batafsil tavsiyalar ishlab chiqiladi. Semurg Insurance’ning yondashuvi maksimal darajadagi hosildorlikka erishishga qaratilgan, bundan esa barcha ishtirokchilar manfaatdor.

    Har bir qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisiga hosilni yo‘qotish xavfini kamaytirish va kutilmagan hodisalardan himoyalanish bo‘yicha ekspertlarning individual tavsiyalari beriladi.

    Bunday yondashuvning ahamiyatini Semurg Insurance kuzatuv kengashi a’zosi Ulug‘bek Mirzamuhamedov ham qayd etib, sug‘urtaning ushbu shakli bevosita agrar ishlab chiqaruvchilarning manfaatli, ularning biznesi va daromadlarini himoya qilishini ta’kidladi. Bu mahsulot katta zarar bilan biznesni tark etish emas, balki sug‘urta hodisasidan keyin tiklanib olishga yordam beradi. Bu ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, istiqbolda mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi va YAIMning barqarorligini mustahkamlaydi.

    O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan bunday mahsulot Semurg Insurance’ning xalqaro ekspertlar va qayta sug‘urtalash bo‘yicha hamkorlar bilan yaqin sherikligi natijasida yaratildi. Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasidagi asosiy sheriklardan biri — Swiss Re (Shveysariya) jahondagi eng yirik qayta sug‘urtalash kompaniyasi. Ushbu kompaniya bozorda 1863-yildan buyon faoliyat yuritayotgan bo‘lib, eng yuqori ishonchlilik va mustahkam obro‘ga ega, bu esa sug‘urta hodisasi ro‘y berganda mijozlarimizga o‘z vaqtida to‘lov qilinishini kafolatlaydi. Semurg Insurance’ni Shveysariya, Germaniya va Fransiyaning boshqa yirik qayta sug‘urtalovchilari — Hannover Re, Axis Re, Scor Re ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar g‘o‘za va kuzgi g‘allani himoya qilish xizmatlarini qamrab olgan.

    O‘zbekiston bozorini qo‘llab-quvvatlashda agrosug‘urtaning imkoniyatlari bu bilan cheklanmaydi. AgroInsurance Conference 2022 konferensiyasida xalqaro ekspertlar hamda Germaniyaning InsuResilience investitsiya fondi va Sug‘urtani rivojlantirish forumi (IDF) vakillari: Marsel Andriesse (Swiss Re), Maykl Leyxi (Axis Re) va Olena Sosenko ham so‘zga chiqdi.

    InsuResilience vakili Oleno Sosenko o‘z ma’ruzasida agrosug‘urta butun qishloq xo‘jaligi nafaqat g‘o‘za va g‘alla, balki bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikning rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Fond Sug‘urtani rivojlantirish forumi (IDF) bilan birgalikda butun dunyo bo‘ylab, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy ko‘makka muhtoj xo‘jaliklarga investitsiya kiritishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston davlat idoralari va InsuResilience fondi ishtirokida ushbu investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilish ustida faol ish olib borilmoqda. Agrosug‘urta o‘z navbatida ushbu jarayonning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki xalqaro investorlar uchun kafolat taqdim etadi. Bog‘ va sabzavot hosili ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlangandagina ushbu xalqaro investitsiya loyihasi samarali bo‘ladi.

    Semurg Insurance mamlakatimizning turli hududlaridan konferensiyaga taklif etilgan professional qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, dehqon xo‘jaliklari va klasterlar vakillari konferensiyada muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirganidan mamnun. Ishtirokchilar ko‘plab savollar bergani ham ishimiz naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi va agrar tarmoqda sug‘urtani yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi.

    Semurg Insurance yuksak xalqaro standartlarga tayangan holda agrosug‘urta yordamida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbusni davom ettiradi.

    Reklama huquqi asosida.

    25.02.2022, 12:00   Izoh (0)   34748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alfraganus: tijorat binolarining kvadrat metri 14 000 000 so‘mdan boshlanadi

    25.02.2022, 09:00

    Dream City kompaniyasi Seoul Mun loyihasining keng ko‘lamli qurilish maydoniga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etadi

    24.02.2022, 12:00

    Nima uchun qora sedanani tanlash kerak?

    23.02.2022, 18:00

    UzAuto Motors 2022-yilda bizga nimalarni va’da qilmoqda?

    23.02.2022, 12:00

    Tayyor ta’mirlangan xonadonlarni uzoq muddatli ipoteka kreditiga xarid qiling: dastlabki to‘lov 65 mln so‘m

    23.02.2022, 09:00

    UzAuto Motors: 2020-yilda qolgan rekord, mikrochiplar tanqisligi, 2023-yil uchun jahon prognozlari

    22.02.2022, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.