• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ham tibbiyot fanlari doktori Zarifboy Ibodullayevning murojaatiga munosabat bildirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot fanlari doktori Zarifboy Ibodullayevning 19-fevral kuni O‘zbekiston ilm-fani tobora jar yoqasiga yaqinlashib borayotgani aytilgan, o‘zbek olimlari va ilmiy jamoatchilikka murojaati aks etgan videolavha tarqaldi. Video yuzasidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi munosabat bildirdi.

    Quyida munosabatni to‘lig‘icha taqdim etamiz.

    Tibbiyot akademiyasi professorining ijtimoiy tarmoqlarda ilmiy jamoatchilikka murojaat bilan chiqishini so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarning natijasi, deb qarash mumkin. Ilgari bunday chiqishlar qilishni xayolga ham keltirib bo‘lmasligini murojaat muallifining o‘zi ham yaxshi bilsa kerak.

    Maqola muallifi, “kuyinchaklik” bilan yetarli darajada asoslanmagan shaxsiy xulosasini ijtimoiy tarmoqqa chiqib, jar solishi, nazarimizda, ilmiy etikaga to‘g‘ri kelmaydi.

    “Keling, haqiqatga tik qaraylik! O‘zbekiston ilm-fani tobora jar yoqasiga yaqinlashmoqda”, deb yozadi muallif. Biroq mazkur fikrni asoslovchi biror fakt keltirmaydi. Agar real faktlarga, mavjud statistika va raqamlarga suyanadigan bo‘lsak, so‘nggi besh yilda O‘zbekiston ilm-fani yangi pog‘onaga ko‘tarilayotgani, aniq va ijtimoiy-gumanitar fan kesimlarida olimlarimiz, ayniqsa, yoshlar katta muvaffaqiyatlarga erishayotganining guvohi bo‘lamiz.

    “Ilmga kirib kelayotgan yosh olimlar orasida plagiatlik avj oldi” deb yozadi olim. Agar muallifning fikri asosli bo‘lsa, o‘z iddaosiga aniq dalillar keltirishi lozim va bu faktlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

    Keyingi jumlada: “Ilm qila oladigan xodim ham, qila olmaydigani ham dissertatsiya yoqlashga undalmoqda”, deyilgan.

    Bugungi kunda mamlakatimizda hech kimni ilm qilishga majburan undashga hojat yo‘q. To‘g‘ri, bundan olti-yetti yil muqaddam ilmiy tashkilotlarda olimlar olayotgan maosh arzimas bo‘lganligi sababli ilmga yoshlarning kirib kelishi, ilmni davom ettirishi katta bir muammoga aylangan edi. Biroq so‘nggi yillarda sharoit tamomila o‘zgardi. Ilmga ko‘plab yoshlar o‘z ixtiyori bilan kirib kelmoqda. Bugun ilmiy darajaga ega bo‘lgan olimlarning maoshiga 30-60 foizlik ustamalar to‘lanayotganligi bois kimgadir ilmiy ish yoqlaysan, deyishga hojat qolmadi. Aksincha, imkoniyatdan foydalangan holda ilmiy tashkilotlarda ilmiy darajaga ega bo‘lish suratlari o‘smoqda, bu ham tabiiy jarayon.

    Maqolada “Mana 30 yildirki, hech kim kafedralar moddiy-texnik bazasini yaxshilash haqida qayg‘urmaydi yoki yolg‘ondan qayg‘uradi. Demoqchimanki, 30 yildan buyon bizga va’dalar beriladi, biroq kafedra va ilmiy laboratoriyalar anjomlari eskirgandan eskirib boryapti”, deb yoziladi.

    Agar muallif so‘nggi yillarda ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratilayotgani, yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaxshiroq tanishib chiqishga harakat qilganda edi bu murojaatni yozmagan bo‘lar edi.

    Birgina Fanlar akademiyasiga so‘nggi 3 yilda davlat budjetidan deyarli 800 mlrd so‘m ajratilgan. Olimlarning maoshi esa qariyb ikki yarim barobarga oshirilgan. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining oylik maoshlari to‘liq budjetdan moliyalashtirishga o‘tkazildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qaroriga muvofiq 53 ta oliy ta’lim muassasalarining 400 ta o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash belgilandi va bunga 17 mln 600 ming AQSh dollari sarflanib, 112 ta o‘quv laboratoriyalari tashkil qilindi hamda jihozlandi.

    Bundan tashqari, 2019—2022-yillarda 11 mln AQSh dollari qiymatida 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil qilindi.

    Shuningdek, Fanlar akademiyasining Matematika, Immunologiya va inson genomikasi, O‘simlik moddalari kimyosi, Astronomiya kabi ilmiy tashkilotlarining nafaqat moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, balki bugungi kunda dunyodagi eng zamonaviy ilm maskanlari bilan tenglasha oladigan muassasaga aylandi.

    Muallif oxirgi yillarda matematika va fizika, kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish borasida qabul qilingan prezident qarorlari bilan tanish bo‘lganida ushbu qarorlarning matnidan ilm-fan sohasidagi mavjud muammolar prezidentimiz va Fanlar akademiyasi tomonidan ochiq, atroflicha muhokama qilingani va ular o‘z yechimini topayotganidan xabardor bo‘lar edi.

    Maqolada “Ilmiy-amaliy falokat yoki Sardobada olimlar nima ish qilishdi?” mazmunida ... Fanlar akademiyasi xodimlarini tulki va ko‘rsichqon inini izlab topishga yuborishgan. Bu voqeani misli ko‘rilmagan bedodlik va sharmandalik deb hisoblaymiz. Bundaylar uchun na olimning, na ilm-fanning qadri bor”, degan fikrlar bildirilgan.

    E’tibor qarataylik, albatta, yurtimizda yuz bergan har qanday tabiiy yoki texnogen fojiaga Fanlar akademiyasining olimlari befarq bo‘lmagan. Shuning uchun yuzaga kelgan holatni atroflicha o‘rganish, uning oqibatida yetgan talafotlarni bartaraf etish hamda kelgusida bo‘lishi mumkin bo‘lgan shunday fojialarning oldini olish bo‘yicha Fanlar akademiyasining olimlari ekspert sifatida o‘z fikrlarini bildirgan. Masalan, qurib qolgan Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yondosh hududlarga Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari uyushtirgan ilmiy-amaliy safarlar va ularning tavsiyalarini keltirish mumkin.

    Muallif tanqid qilgan Sardoba suv omborida yuz bergan falokatning sabablarini o‘rganish masalasiga qator olimlar, xususan, zoologlar, inshootlar seysmik mustahkamligi, materialshunoslik, mexanika kabi turli yo‘nalishdagi mutaxassislar ham jalb etilgan. Demak, yoritilayotgan masala haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmagan ayrim manbalar asosida Fanlar akademiyasi olimlarining faoliyatiga noholis va yuzaki baho berish to‘g‘ri emasligini eslatib o‘tamiz.

    “Fanlar akademiyasi mening fikrimcha allaqachon qariyalar uyiga aylangan”, deb yozadi muallif. Aslida 2016-yil kesimida Fanlar akademiyasi tizimidagi fan doktorlarining o‘rtacha yoshi 67 fan nomzodlari esa 58 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ilm-fanga ko‘rsatilayotgan e’tibor, moddiy qo‘llab-quvvatlashlar natijasida yoshlarning ilmga kirib kelishi ham keskin ortdi. Fikrimizni yana raqamlar bilan asoslaymiz, 2022-yil yanvar holatiga ko‘ra, Fanlar akademiyasida fan doktorlarining o‘rtacha yoshi 63 fan nomzodi/falsafa doktorlari esa 50 yoshni, umumiy xodimlarning o‘rtacha yoshi esa 45 yoshni tashkil etmoqda. So‘nggi besh yil kesimida davlat rahbari tomonidan ilm-fanga ko‘rsatilayotgan e’tibor, moddiy rag‘bat sabab stajyor-tadqiqotchilik, tayanch-doktoranturani tashkil etilgani, doktoranturaga kvota 2 barobar ortgani buning yaqqol misoli bo‘ladi.

    “Birorta olamshumul yangi kashfiyot yo‘q!”, deb qo‘shimcha qiladi muallif. Bunday iddaodan oldin hech bo‘lmaganda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda berib borilayotgan ilmiy yangiliklar bilan tanishib borish kerak. Masalan, 17-fevral kuni e’lon qilingan “Yangi yulduzdan – Kofirqal’agacha. O‘zbek olimlarining so‘nggi o‘n yillikdagi eng muhim 10 kashfiyot va ixtirolari” maqolasini e’tiboringizga havola qilamiz va qo‘shimcha qilish mumkinki, ilmiy ishlarning natijalari haqidagi batafsil ma’lumotlarni kichik bir maqolaga sig‘dirish qiyin.

    Aslida professor, ilm sohasi vakili sifatida Fanlar akademiyasida chop etilayotgan 20 dan ortiq ilmiy jurnallar, shuningdek, FA olimlarining nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda e’lon qilayotgan ilmiy ishlaridan xabardor bo‘lishi kerak edi.

    Shuningdek, Fanlar akademiyasining rasmiy veb-sayti orqali ham tizimda olib borilayotgan ilmiy yangiliklar va islohotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin.

    Fanlar akademiyasi o‘z tizimida yetishib chiqqan olimlari bilan chindan faxrlanadi. Bu olimlarni bilgan, tanigan, hurmat qilgan, o‘zini ziyoli sanagan odam Fanlar akademiyasiga, ilm-fanga qarab tosh otmaydi. Qolaversa, Fanlar akademiyasi ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi piar bilan emas, uzoq yillarga mo‘ljallangan fundamental fan bilan shug‘ullanadi. Fundamental fanda esa natijaga erishish uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi.

    Hozirgi kunda ham Fanlar akademiyasida samarali faoliyat olib borayotgan va dunyo miqyosida tanilgan olimlar talaygina. Ularni sanab o‘tishga bitta maqolaning hajmi kamlik qiladi. Dalillarimiz asosli bo‘lishi uchun atigi bitta misolni keltiramiz.

    Akademik Sh.Ayupov rahbarligida faoliyat yuritayotgan Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti matematika fanini rivojlantirishda matematik tadqiqotlarning jahon darajasida e’tirof etilgan markazlardan biriga aylanganini ta’kidlash lozim. Institutda matematika sohasida ilmiy maktablar shakllandi va ular muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Qator matematiklar esa nufuzli Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) a’zoligiga saylangan. Bonn, Kembrij, Parij, Seul, Santyago de Kompastela universitetlari va boshqa ilmiy markazlarning olimlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi 47 yoshni tashkil etmoqda. Institut uchun eng zamonaviy bino qurib berildi.

    Bular xamir uchidan patir xolos. Demak, Fanlar akademiyasini “uxlashda” va “yangi Yahyo G‘ulomovlar”ning yo‘qligida ayblashdan oldin “uyqudan uyg‘onish”ni va ilmiy sohada erishilayotgan yutuqlar bilan, hech bo‘lmaganda, kundalik berilayotgan yangiliklar orqali tanishib chiqishini tavsiya qilamiz.

    Muallifning bu murojaatni yozishdan asl maqsadi boshqa ekani, keyingi jumlalardan yanada oydinlashadi: “Axir bunday insonlar sizlar yomonlaydigan Sovet O‘zbekistonida yetishib chiqqan edi-ku”.

    Fanlar akademiyasida hech bir olim muallif urg‘ulayotgandek, “Sovet O‘zbekistoni”ni yomonlamagan, qoralab maqolalar yozmagan. Faqat sho‘ro tuzumi siyosatini qoralagan, buning farqiga borish kerak.

    Keyingi vaqtlarda qo‘shni davlat hamda Sobiq ittifoq mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan voqealar oqimiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, muallif bu kabi savollarni bekorga o‘rtaga tashlamayotganini sezish unchalik qiyin emas. Sobiq ittifoq davridagi hayotni ulug‘lash, unga mahliyo bo‘lish va yana qaytib ana shu ittifoq tarkibiga kirishga undashga chaqiruvchi bunday murojaatlar oldin ham bo‘lgan, bundan keyin yanada avj olishi ehtimoldan xoli emas.

    Muallif murojaatidagi “Nega shunday muqaddas yurt taqdirini bir hovuch laganbardor, korrupsioner va xalq oldida bir pullik obro‘si yo‘q ba’zi hokim va vazirlarga topshirib qo‘ydik” kabi jumlalar nafaqat o‘zbekona odob-axloq madaniyati, balki mavjud me’yoriy qonunlarga ham zid keladiki, bu iddaoni muallif yo aniq faktlar asosida isbotlab berishi yoxud qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

    Nazarimizda, uning bu kabi murojaatnoma bilan chiqishidan oldin mamlakatimizdagi mavjud qonunlar bilan yaxshilab tanishib chiqishini, asossiz tuhmat, jamoatchilik oldida beobro‘ qilish uchun javobgarlik belgilanganini unutmaslik kerakligini eslatib qo‘yishni joiz deb bilamiz.

    E’tiborli jihati, biror muammoni ko‘tarib chiqish, kamchilikni ko‘rsatish oson, lekin negadir professor o‘z chiqishlarida muammoni ko‘targan-u, unga yechimni taklif qilmagan. Ilm-fan sohasining vakili o‘laroq fan rivoji uchun o‘zi biror yangilik qilganmi, degan savol tabiiyki barchada uyg‘onadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi axborot xizmati

    Mavzuga doir: Innovatsion rivojlanish vazirligi professor Zarifboy Ibodullayevning murojaati yuzasidan bayonot berdi

    24.02.2022, 23:01   Izoh (0)   14189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    24.02.2022, 22:37

    Andijon hokimi davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanib, deputatlik daxlsizligidan mahrum bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Shahar hokimi prokurorga taya...

    24.02.2022, 22:22

    “Mirzo Ulug‘bek” metro bekatida erkak o‘zini poyezd tagiga tashladi

    24.02.2022, 22:02

    Sergelidan Qo‘yliqqa olib boruvchi ko‘prik noma’lum muddatga yopildi

    24.02.2022, 21:53

    Ukrainada ayni vaqtda qancha O‘zbekiston fuqarosi borligi ma’lum qilindi

    24.02.2022, 21:37

    Samarqandda tanishining videolarini tarqatib, sharmanda qilmaslik uchun 2 ming dollar so‘ragan ona-bola ushlandi

    24.02.2022, 21:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.