• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Xonanda A’lo Rahimova qizi tufayli Istanbulga ko‘chib ketgani hamda musofirchilik pulni tejashga majbur qilayotgani haqida

    Xonanda A’lo Rahimovani o‘rta yosh vakillari yaxshi tanishadi. U “Borolmadim”, “Otash” va “Otmagay tong” qo‘shiqlari bilan xalq mehrini qozongan. Afsuski, uzoq yillik tanaffus va boshiga tushgan og‘ir musibatlar uni ijoddan uzoqlashtirdi. Xonanda o‘tgan yili “Olov kelin” teleloyihasida boshlovchilik qilishni boshlaganda ko‘pchilik uni ijodga qaytdi, deb taxmin qilgandi. Afsuski, teleloyihadan so‘ng xonanda qizi Shodiyabegim Mirzatillayeva bilan Turkiyaga ko‘chib ketdi va ko‘rsatuvning ba’zi sonlari Istanbul shahrida suratga olindi. Buning sababini bilish maqsadida xonanda bilan bog‘landik.

    “Qizim uchun Turkiyaga keldim”

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    — Qizim o‘tgan yili maktabni tamomlab, Istanbul universitetiga onlayn hujjat topshirgandi. Omadi kelib, talabalikka qabul qilindi. Ochig‘i, 18 yashar qizni yolg‘iz xorijga jo‘natishga qo‘rqdim. Xorijda o‘qib nima qilasan, deb qaroridan qaytarmoqchi ham bo‘ldim. Ammo kun kelib o‘zim istagan oliygohda o‘qitmagansiz, deb armon qilmasin deb, u bilan Turkiyaga keldim.

    Bu qarorni osonlikcha qabul qilganim yo‘q. Chunki qizimga ham ota, ham onaman. O‘zbekistonda oddiy davlat ishida ishlaydigan xodim bo‘lganman. Ancha yillardan buyon to‘y xizmatlariga chiqmasligimni yaqinlarim yaxshi bilishadi. Ilgari ham musofirlikni boshdan o‘tkazib, Andijondan Toshkentga kelib, o‘rnimni topganman. Ammo u vaziyat bilan xorijga kelish o‘rtasida farq bor ekan. Hozir pulni tejashga ko‘proq harakat qilyapman. Negadir odamlardan “Toshkentdagi uyingizni sotib keldingizmi?” degan gapni ko‘p eshityapman. Yo‘q, uyimni sotganim yo‘q. Vatanimda ham bir kulbam bo‘lishi kerak. Ayni kunlarda uy sotish haqida emas, Istanbuldan kichikroq bo‘lsa-da, uy olish haqida o‘ylayapman.

    “Hech qanday oyliksiz ishlayapman”

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    — Hozircha muqim ishim yo‘q. Turkiyaga kelganimdan so‘ng o‘zbek kinoijodkorlari qatnashgan kinofestival va O‘zbekiston madaniyati kunlarida ishtirok etdim. Yaqinda O‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda “O‘zbek xotin-qizlarini himoya qilish” jamiyati ish boshladi. Mana shu jamiyatga ko‘ngilli sifatida qabul qilindim. Hozircha hech qanday oyliksiz ishlayapman. Nasib, jamiyat oyoqqa turib, rivojlanib ketsa hech gap emas.

    Turk tili o‘zbek tiliga juda yaqin. Shu bois hozircha qiyinchilikka uchrayotganim yo‘q. Turklar bilan muloqotda ba’zi so‘zlarni aytolmasam yoki eshitganimni tushunmasam, buni to‘g‘ri qabul qilishadi. Muloqot jarayonida esa so‘z boyligim yanada ortyapti.

    “Yotib yesang, tog‘ ham chidamaydi”

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    — Yoshlik paytlarimda to‘ylarda juda faol bo‘lganman. To‘ylarning keti uzilmasligidan uxlashga zor bo‘lgan kunlarim ham bo‘lgan. Hatto to‘ylar ko‘pligidan bozorga tushib, yangi ko‘ylak yoki poyabzal olishga ham vaqtim bo‘lmasdi. Kunduzgi to‘ylarni o‘tkazib, kechki nikoh oqshomlariga borardik. Har narsaning o‘z vaqt-soati bor ekan. Yashirmayman, kech farzandli bo‘lganman. Shu bois 2003-yilda homilador bo‘lib, sog‘lig‘imga jiddiy e’tibor berishim kerakligini anglaganman. Qizim tug‘ilgach, uni hech kimga ishonmaganman. Chunki qiyinchilik bilan erishilgan natijaning qadri baland bo‘lar ekan. 2004-yildan keyin bor e’tiborimni qizimning parvarishiga qaratdim.

    To‘ylarga taklif qilishsa, rahmatli turmush o‘rtog‘im Rahmatilla Mirzayev “Topadigan 100 AQSh dollar pulingni o‘zim beraman, bola bilan uyda o‘tir”, derdi. Shu gap sabab butunlay to‘ylarga chiqmay qo‘ydim. Ammo turmush o‘rtog‘im vafot etganidan so‘ng moddiy qiyinchiliklar bo‘ldi. “Yotib yesang, tog‘ ham chidamaydi”, deyishgani rost ekan. Qizimning o‘qishi, yeb-ichishi uchun harakat qilishim kerakligini tushundim. O‘shanda kursdoshim Xosiyat Husanova bilan bir-ikki to‘ylarga chiqdim. Ammo avvalgi to‘ylarning gashtini his qilganim yo‘q. Fonogrammaga o‘rganolmay, chiqishlarimdan ko‘nglim to‘lmadi. Nolimayman, Yaratgan nasibaga yarasha rizq-u nasibamizni yetkazyapti.

    “To‘rt yil Istanbulda yashaymiz”

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    Foto: Instagram / @aloraximova_singer

    — Qizim Shodiyabegim bolaligidan san’atga qiziqadi. U Gliyer nomidagi musiqa maktabining eng oldi o‘quvchilaridan biri edi. Afsuski, ustozlari barmoqlarining kaltaligi sabab boshqa musiqa asbobni o‘rganishni tavsiya qilishdi. Bu qaror qizimga va dadasi rahmatliga yoqmadi. Shunda ham umidini uzmay, bir necha oy davomida barmoqlarini o‘stiruvchi mashqlar qilgandi. Hozir qizim 18 yoshda, Istanbul universitetida kino san’ati bo‘yicha tahsil olmoqda.

    Qizimning o‘qishi bitguniga qadar 4 yil shu yerda bo‘lishim aniq. Balki Toshkentga qaytarmiz, balki shu yerda qolarmiz. Buni vaqt ko‘rsatadi. Alloh umr va kuch-quvvat bersa, qizimni ota-ona sifatida qo‘llab-quvvatlashga va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashaman.

    Mavzuga doir: Rahmatilla Mirzayevning rafiqasi A’lo Rahimova turmush o‘rtog‘ining qotillari, ijodidagi tanaffus hamda tushkunlikdan qanday chiqqani haqida so‘zlab berdi

    22.02.2022, 19:37   Izoh (0)   112635
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Aktyor va aktrisalarga ishlashga imkon berish kerak”. Nigina Anorboyeva seriallardagi “xola-xola” o‘yini darajasidagi sayozlik va nojo‘ya takliflar haqida (video)...

    22.02.2022, 13:48

    Bobur Bobomurod sudga bergan Farhod va Shirin mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

    18.02.2022, 19:12

    Unvon-u mukofotlarga qiziqmagan, Bollivud qirolini o‘zbekcha “gapirtirgan” dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayevni xotirlab

    13.02.2022, 06:00

    Aktrisa Shohida Ismoilova turmush o‘rtog‘i Mahmud Ismoilov og‘ir kasallikni boshidan o‘tkazgani haqida gapirib berdi (video)

    06.02.2022, 20:25

    SanJay mualliflik huquqini buzgani uchun shoir Usmon Azimga salkam 100 mln so‘m to‘lab beradi

    04.02.2022, 21:40

    Lola Zunnunova aktyorlar Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipovni mas’uliyatsizligi uchun qanday “jazo”laganini gapirib berdi (video)

    02.02.2022, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.