• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Unvon-u mukofotlarga qiziqmagan, Bollivud qirolini o‘zbekcha “gapirtirgan” dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayevni xotirlab

    “Daryo” butun umri davomida o‘z sohasida mehnat qilib, xalq ko‘ngliga kirib borgan taniqli marhum insonlarni yod etish maqsadida “Xotira xiyoboni” loyihasini boshlashga qaror qildi. Loyihaning ilk sonida 2021-yilning 4- dekabr kuni vafot etgan afsonaviy o‘zbek dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayevni hamkasblari xotirlaydi.

    “Teatrda emas, dublyaj sohasida shuhrat qozondi”

    Mahmud Ismoilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

    — Sanjar bilan institutda bir kursda tahsil olganmiz. Talabalik yillari har tomonlama: o‘zini tutishi, odobi, o‘qishga munosabati bilan hech kimga o‘xshamasdi. Bir kuni meni Bodomzorda joylashgan uyiga taklif qildi. Oilasida qiz farzand yo‘q edi, hammasi o‘g‘il bola bo‘lgan. O‘shanda uylariga kirib, ozodalikni ko‘rgach, og‘zim ochilib qolgan. “Sanjar, uylaringga biror xizmatkor kelib, yig‘ishtirib ketadimi?”, — deganimda, “Biz boy oila emasmiz, aka-ukalar rejalashtirib ishlaymiz”, — deya javob qaytargan.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Uning o‘zi ham toza yurardi. G‘ijim ko‘ylak yoki shimda, soqoli olinmagan, sochi o‘sgan holatda institutga borganini eslolmayman. Oliy o‘quv yurtida a’lo baholarga o‘qigan deya olmayman. Ammo aktyorlik mahorati, sahna nutqi, sahna harakati kabi fanlardan yaxshi o‘qirdi.

    Foto: Mirzabek Xolmedovning shaxsiy arxividan

    Foto: Mirzabek Xolmedovning shaxsiy arxividan

    Besh yil davomida bir ustoz qo‘lida birga o‘qigan bo‘lsak, “Hech qachon artist bo‘lmayman”, — degan gapini eshitmaganman. Toshkentdagi biror yaxshi teatrda ishlaydi, deb o‘ylardik. Chunki bo‘yi teatr talabiga javob berar, yuzi va qomati chiroyli edi. Ovozini gapirmasam ham bo‘laveradi. Lekin u dublyajni tanladi va shu sohada shuhrat qozondi.

    “Maqtashga arzigulik sifatlari ko‘p edi”

    Dildora Rustamova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi:

    — 1997-yilning qish faslida “Mehrobdan chayon” serialining tasvirga olish ishlari yakunlanib, efirga tayyorlanish jarayonida “Titr hamda muallif nomidan matnlarni Sanjar aka Sa’dullayevga o‘qitdik”, — deyishdi. Montaj xonasida o‘tirgan paytimiz telpak kiygan bir inson studiyaga kirib keldi. Ular Sanjar akam ekan. Bizni rahmatli rejissorimiz Mahkam aka Muhammedov tanishtirgandi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    2000-yilda dublyajdagi faoliyatim boshlandi. Ilk marta “Baazigar” nomli hind filmining ovozlashtirish jarayonida qatnashdim. Omadni qarangki, kartinada aktyor Shohruhxon rol ijro etgan va unga Sanjar akam ovoz bergan. Men esa Kajolga ovoz berdim. Shundan keyin Sanjar akam bilan juda ko‘plab kino va seriallarda birga ishladik. Asosan, juftliklarga ovoz berdik. Ularning aksariyati tomoshabinlarga manzur keldi.

    Foto: Bahodir Qosimovning shaxsiy arxividan

    Foto: Bahodir Qosimovning shaxsiy arxividan

    Sanjar akamning ovozi sehrli edi. Bu inson bilan hayotda fikrlashib, muloqot qilib, birga ishlaganimdan juda baxtliman. Maqtashga arzigulik sifatlari ko‘p edi. Hech qachon tanilishga, o‘zini ko‘rsatishga, mehnatini ko‘z-ko‘z qilishga intilmadi. To‘g‘riso‘zlikni, halollikni, insondagi beg‘uborlikni juda qadrlardi. Hamma ham ular bilan yaqin muomalada bo‘lolmasdi. O‘ziga yarasha fe’l-atvori bor edi, ayrimlar so‘zlashishga hayiqib turardi, salobati bosardi. Lekin so‘zlashganingizda juda ham samimiy inson edi, odam ajratmasdi.

    “ ‘Esmeralda’ hamkorligimizdagi birinchi katta loyiha bo‘lgan”

    Bahodir Qosimov, dublyaj rejissori:

    — Qo‘limga “Esmeralda” nomli serial tushib qoldi. Undagi bosh qahramonlardan biri bo‘lgan Хose Armandoga ovoz berish uchun ikkilanmay Sanjar akamni chaqirdim. Bu hamkorligimizdagi birinchi katta loyiha bo‘ldi. Ovoz ham juda chiroyli tushdi. Keyinchalik, ko‘plab hind va koreys kinolari, seriallarida birga ishladik.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Sanjar akamga qanday rol bersangiz, maromiga yetkazib ovoz berardi. Shu bois ular ham rol tanlamasdi. Asosan, Bollivud qiroli Shohruhxonni o‘zbekcha “gapirtirardi”. Taniqli hind aktyorining ayrim kinolardagi rollariga Fathulla ham, Behzod ham ovoz bergan. Lekin ko‘proq Sanjar akam ovoz berardi, tomoshabinlar ham buni bilardi. Bundan tashqari, gollivud, koreys, rus va boshqa mamlakat aktyorlarini ham o‘zbekcha “so‘zlatgan”.

    Foto: Bahodir Qosimovning shaxsiy arxividan

    Foto: Bahodir Qosimovning shaxsiy arxividan

    Gonorar masalasida hech qachon ziddiyat kelib chiqmagan, kelishmovchiliklar bo‘lmagan. Ular pulning ortidan quvmagan, ammo pul Sanjar akamni ortidan quvardi. Men bilan hamkorlik qilgan filmlari uchun “Shuncha gonorar berasan!”, — demasdi.

    “O‘zbek dublyajida katta yo‘qotish bo‘ldi”

    Behzod Muhammadkarimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — Sanjar akam umrining oxirigacha juda faol ijod qildi. Deyarli barcha telekanalda ovozlashtirish bo‘yicha ishlash oson emas. Buning uchun kuch va g‘ayrat kerak. Bu odamning ovozini har kuni yoki kunora eshitib katta bo‘lgan odamning o‘zi 40–45 yoshga kirib qoldi. Ularning ovozi butun O‘zbekiston uchun qadrdon edi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Oramizni tark etganidan keyin o‘zbek dublyajida katta yo‘qotish bo‘ldi. Sanjar akam huvullatib ketdi.

    “Unvon olmagani uchun ranjiganini ko‘rmaganman”

    Dildora Rustamova:

    — Shuncha yil ishlab, Sanjar akamni biror marta unvon olmagani uchun ranjiganini ko‘rmaganman. “Inson uchun eng muhimi, salomatligi va oilasidagi tinchligi. Mukofot olganlarni omadini bersin, bundan-da katta darajalarga erishsin”, — derdi. Ular o‘z sohasida juda katta ishlarni amalga oshirgan. Umri mobaynida Alloh bergan iqtidorini to‘laligicha namoyon etdi.

    Foto: Dildora Rustamovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Dildora Rustamovaning shaxsiy arxividan

    Haqiqatan, katta-katta unvonlar olishga arziydigan ishlar qilib ketdi. Biz shogirdlari ham mehnatlari e’tirof etilishini xohlardik. To‘g‘ri, hech kim mukofot uchun ishlamaydi. Lekin ijodkorning ko‘ngli nozik bo‘ladi, mehnati qadr topishini baribir istaydi. Xalqimiz, muxlislari yaxshi ko‘radi, e’zozlaydi. Ammo hukumat tomonidan ham ozgina e’tibor berilsa, bu boshqacha bo‘ladi.

    “Haqiqiy xalq artisti edi va shunday bo‘lib qoladi”

    Behzod Muhammadkarimov:

    — Unvon masalasi bo‘yicha ba’zan ko‘nglim g‘ash bo‘lib, siqilib qolaman. Ya’ni munosib odamlarning qancha-qanchasi unvonsiz yuribdi.

    Foto: Behzod Muhammadkarimovning shaxsiy arxividan

    Foto: Behzod Muhammadkarimovning shaxsiy arxividan

    Sanjar akam umri davomida dublyajda ijod qildi. Butun boshli bir avlod shu insonning ijodidan bahramand bo‘lib o‘sdi, odamlar ovoziga mahliyo edi. Odamlar o‘zini ko‘rmagan bo‘lsa ham vafot etganini eshitib, ishonishmadi. Radio va televideniyeda rejissor sifatida ko‘p ishlar qilgan, dublyajda ham samarali faoliyat yuritgan.

    O‘zi unvon nimaga qarab berilishiga tushunmay ham qolarkan odam, ham alam qilarkan. Sanjar akam haqiqiy xalq artisti edi va shunday bo‘lib qoladi. Garchi unga unvon berilmagan bo‘lsa ham.

    “Uni ko‘rmagansizlar, u ‘ko‘rinmas odam’”

    Mahmud Ismoilov:

    — U hech qachon rasmga va kinoga tushishni yoqtirmasdi. Sababini so‘raganimizda, xohlamayman, derdi. Ko‘pchilik “Sanjar Sa’dullayev qanday odam? Biz uni hech ko‘rganmizmi?”, — deb so‘rardi. “Uni ko‘rmagansizlar, u ‘ko‘rinmas odam’”, — deb javob berardim.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zini ko‘z-ko‘z qilish, tarmoqlarga chiqib, yaxshi-yomon jihatlarini ko‘rsatish, san’atkorni sharmanda qilish uchun turli gap-so‘zlar tarqatishdan yiroq bo‘lgan va bunday odamlardan juda jirkanardi.

    Loyihaning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi: Ilhom Xursanaliyev

    13.02.2022, 06:00   Izoh (0)   102432
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maktab bozori: yangi o‘quv yili arafasida pulni tejashga yordam beruvchi 10 ta tavsiya

    Layfstayl | 7 avgust, 17:32

    Mehmonlar “sovg‘a”si va jangovar durang: “Navbahor” va “So‘g‘diyona” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 7 avgust, 17:27

    Xorijga ishga joylash vaʼdasi bilan odamlarni chuv tushirgan firma jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 17:22

    Britaniyada to‘ti narkotik savdogarlarini tutishda yordam berdi (video)

    Dunyo | 7 avgust, 16:57

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.