Xorazm viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 14 yoshli bola reydga tushdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yo‘l-patrul xizmati xodimlari reyd tadbirlari davomida davlat raqamisiz Malibu avtomobilini to‘xtatgan. Rul o‘rindig‘ida o‘tirgan bola o‘zini 2004-yilda tug‘ilganini aytgan. YPX xodimlari undan haydovchilik guvohnomasini so‘raganda “Guvohnomam bor, faqat uyda turibdi”, deb javob bergan.
Fuqaroning shaxsi aniqlangan u aslida 2008-yilda tug‘ilgani, maktab o‘quvchisi ekani ma’lum bo‘lgan.
O‘g‘lining oldida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ota bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga qo‘yilgan.
Mavzuga doir:
- Toshkentda Tracker’ni olib qochgan 13 yoshli bola uni to‘xtatgan YPX xodimlaridan qochib ketdi (video)
- Jizzaxda 13 yoshli bola Lacetti boshqarib ketayotgani aniqlandi (video)
- Farg‘onada YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti’ni 14 yoshli o‘smir boshqargani aniqlandi
Izoh (0)