Daryo

Jizzaxda 13 yoshli bola Lacetti boshqarib ketayotgani aniqlandi (video)

Avtomobil salonida ushbu bolaning ukasi va singlisi ham birga ekani aniqlangan

1 daqiqa o‘qish68 466 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyatida Lacetti avtomashinasini 7-sinf o‘quvchisi boshqarib ketayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Jizzax viloyati, Zomin tumanida YPX xodimlari tomonidan Lacetti to‘xtatilganda, rul boshqaruvidan 13 yoshli, 7-sinfda o‘qiydigan bola tushib kelgan.

Avtomobil salonida ushbu bolaning ukasi va singlisi ham birga ekani aniqlangan. YPX xodimi “Ota-onangizning xabari bormi avtomobil boshqarganingiz haqida?” – deb bergan savoliga bola “Ha, xabarlari bor, o‘zimizni ko‘chada bir yildan beri boshqarib yuraman” — deya javob qaytargan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar