• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sakkiz yoshli giyohvand, mavjud bo‘lmagan kompaniya veb-sayti yoxud xakerlar anjumanidan reportaj — jurnalistika tarixidagi eng shov-shuvli uydirmalar

    Jurnalist etikasi qonuniy ravishda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa-da, jamiyat tasdiqlagan qonun-qoidalar OAV tomonidan aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har qanday ma‘lumotni uzatishda, eng avvalo, uning to‘g‘riligi, aniqligi va obyektivligiga jiddiy e‘tibor qaratish kerak. Lekin jurnalistika tarixida shon-shuhrat ketidan quvib, faoliyati davomida turli ko‘rinishdagi kasbiy tovlamachiliklarga yo‘l qo‘ygan va dalillarni soxtalashtirish, qisman yoki boshdan oyoq uydirmaga qurilgan xabarlarni omma e’tiboriga havola qilishdan toymagan OAV vakillari ham uchrab turadi. “Daryo” ular ichida eng taniqlilari haqida so‘z yuritadi.

    Klaas Relotius

    Klaas Relotius
    Foto: “Washingtonpost.com”

    Klaas Relotius

    Der Spiegel haftalik jurnali xodimi, Germaniyaning eng taniqli jurnalistlaridan biri Klaas Hendrik Relotius 1985-yil 15-noyabrda Gamburg shahrida tug‘ilgan.

    U mustaqil muxbir sifatida Cicero, Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung, NZZ am Sonntag va boshqa bir qancha nemis nashrlarida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Der Spiegel jurnaliga ishga joylashib, 60 ga yaqin maqola chop ettirgan. Klaas 2014-yili CNN kanali tomonidan o‘tkazilgan tanlovda “Yilning eng yaxshi jurnalisti” mukofotini hamda boshqa bir qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

    Baxtga qarshi, uning kasbiy faoliyatidagi kirdikorlari u qo‘lga kiritgan yutuqlar salmog‘idan kam emasdi. 2018-yilda Klaas Der Spiegel’dagi reportajlari uchun hodisalar va qahramonlar bilan suhbatlarni o‘zi o‘ylab topgani fosh qilinadi. Der Spiegel bo‘lib o‘tgan voqeani “o‘zining 70 yillik tarixidagi eng og‘ir qulash” sifatida baholagan.

    Yolg‘onni Relotius bilan hamkorlikda ishlagan Huan Moreno fosh qilgan. Aynan u birinchi bo‘lib hamkasbining shubhali harakatlarini payqab qolgandi. 2018-yilning 16-noyabr kuni jurnal ikki hamkasbning AQSh va Meksika chegarasidan tayyorlagan reportajini e’lon qiladi. Unda amerikaliklarning meksikalik muhojirlarga munosabati yoritilgan bo‘lib, Moreno hamkasbining ishlash uslubini boshdayoq yoqtirmagandi va bu haqida Der Spiegel’ga xabar bergandi. Lekin nashriyot uning gaplariga jiddiy e’tibor bermaydi.

    Maqola matnini diqqat bilan o‘qib chiqqan Moreno hikoyaning katta qismi avvalroq amerikaning Mother Jones jurnalida chop etilgan maqola bilan bir xil ekaniga guvoh bo‘ladi. Jurnalist o‘z gumonlarini jurnalning dalil tekshiruvchisi va Relotius ishlaydigan bo‘lim muharririga bildiradi. Biroq Der Spiegel’ga ko‘ra, jurnalist o‘zini shu qadar ustalik bilan, ishidagi ba’zi kamchiliklarni tan olgan holda himoya qilgan va nitijada Morenoning o‘zi yomon otliqqa chiqib qolgan.

    Moreno yana bir ish yuzasidan ikkinchi bor Amerikaga safarga otlanayotgandi. Shu bahonada u o‘z shubhalarini tekshirib ko‘rishga qaror qiladi. Safar davomida Tim Fuli ismli shaxs, keyin yana boshqa bir kishi kamera qarshisida Klaas Relotius bilan hech qachon uchrashmaganini aytib beradi.

    Shu kabi ko‘plab dalillardan so‘ng Relotius aybini tan olishdan boshqa chorasi qolmaydi. 2018-yil 19-dekabrda Der Spiegel Klaas Relotius o‘z maqolalarini soxtalashtirganini, Der Spiegel uchun yozgan o‘ndan ortiq maqolasida dalillar, qahramonlar va iqtiboslarni o‘zi to‘qib chiqarganini tan olgani haqida ma’lum qilgan.

    Janet Kuk

    Janet Lesi Kuk — amerikalik sobiq jurnalist. 1954-yil 23-iyulda Ogayo shtati, Tolido shahrida tug‘ilgan.

    Janet Kuk

    Janet Kuk
    Foto: “Livejournal.com”

    1980-yili The Washington Post gazetasida ish boshlagan Janet tez orada “Jimmining dunyosi” (Jimmy’s world) nomli maqolasini e’lon qiladi. Unda sakkiz yoshli giyohvand bolakay haqida so‘z borardi.

    “Qo‘lchalari ignadan ilma-teshik bo‘lib ketgan Jimmi” hikoyasi butun Amerikada shov-shuv bo‘lib, 1981-yilda jurnalist Pulitser mukofoti bilan taqdirlanadi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay maqola boshdan oyoq uydirma ekanligi oydinlashadi. Bunday bola aslida yo‘q edi va barchasi Janet tomonidan o‘ylab topilgandi.

    The Washington Post rahbariyati Janet Kukni ishdan bo‘shatib, hodisa munosabati bilan, katta anjuman o‘tkazadi. Tadbirda gazeta noshiri Donald Grem shunday deydi:

    O‘qiganlarimga ishongandim va uni nashr qilgandik. Maqola ajoyib ekaniga qaramay, afsuski, uydirma.
    Jurnalist undan yaxshiroq ishlashni talab qilgan muharrirlar bosimi ostida ushbu voqeani o‘ylab topganini aytib, o‘zini oqlashga uringan. 1996-yilda maqola hamda o‘zining tarjimai holi haqida film suratga olish huquqini Tri-Star Pictures kompaniyasiga 1,6 million dollarga pullagan. Lekin film suratga olinmagan.

    Jeyson Bler

    The New York Times’ning sobiq muxbiri Jeyson Bler 1976-yil 23-martda Merilend shtatida tug‘ilgan.

    Jeyson Bler

    Jeyson Bler
    Foto: Getty Images

    Blerga boshdanoq kelajagi porloq jurnalist sifatida qarashgandi: universitetda o‘qib yurgan kezlarida professional jurnalistlar jamiyatining 4000 dollarlik grantini yutib oladi, mahalliy nashrlarda amaliyot o‘taydi va The Diamondback gazetasida tarixdagi ikkinchi qora tanli muharrir sifatida ish boshlaydi.

    1999-yilda The New York Times gazetasida amaliyot o‘tay boshlagach, Bler universitetni tashlaydi. Amaliyot vaqtida muharrirlar uning materialidan bir nechta xatolarni topganiga qaramay, 2001-yilda u The New York Times’ning shtatli muxbiri sifatida ishga qabul qilinadi.

    Yozgan maqolalari o‘quvchilarga manzur bo‘lib, u muharrirlik lavozimigacha ko‘tariladi. Lekin 2003-yil aprel oyida Texasdagi The San Antonio Express-News gazetasi Blerning maqolasidagi plagiatni sezib qoladi. Shundan so‘ng The New York Times ichki tekshiruv o‘tkazib, so‘nggi olti oy ichida Jeyson Bler tomonidan yozilgan 73 ta maqolaning yarmidan ko‘prog‘ida dallilarni qalbakilashtirish va plagiatga yo‘l qo‘yilganini aniqlaydi. Boz ustiga, u o‘zini jurnalistik xizmat safarlarida yurganday ko‘rsatib, aslida hech qayerga bormagani oydinlashadi. Masalan, o‘zining Nyu-Yorkdagi kavartirasidan turib Iroqdagi hodisa haqida go‘yo voqea joyida turganday reportajlar tayyorlagan.

    The New York Times’da to‘rt yil faoliyat yuritib, 600 ta maqolaga mualliflik qilgan Bler u yerdan sharmandalarcha quviladi. Gazeta uning ishini “nashrning 152-yillik tarixidagi eng ayanchli voqea” deb ataydi va bosh muharrir va boshqa bir nechta hamkasblarini ham ishdan bo‘shatadi. Jurnalist keyinchalik BBC’ga bergan suhbatida o‘z qilmishini shunday izohlagandi:

    Bir safar uncha jiddiy bo‘lmagan vazifani bajarishda biroz chegaradan chiqdim. Lekin shundan so‘ng o‘zimni to‘xtatolmay qoldim.
    Mojarodan so‘ng Jeyson Bler tovlamachilik qilish mumkin bo‘lgan ish joylaridan o‘zini olib qochishga harakat qiladi. Masalan, shaxsiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlaydi.

    2004-yilda u “Xojamning uyini yoqdim” (Burning Down my Master's House) nomli xotira kitobini nashr ettiradi. O‘sha kitobda Bler The New York Times gazetasida ishlagan vaqtlari spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga qaramlikdan aziyat chekkanini tan olgan.

    Stiven Glass

    The New Republic nashrining sobiq xodimi Stiven Glass firibgar jurnalistlar ichida eng mashhuri hisoblanadi. U 1972-yil 15-sentabrda AQShning Chikago shtatida tavallud topgan.

    Stiv Glass

    Stiv Glass
    Foto: “Disgustingmen.com”

    U universitetini bitirib, Vashingtondagi nufuzli The New Republic jurnaliga ishga joylashadi. Oddiy muxbir sifatida ish boshlagan Glass shuhrat qozonish maqsadida o‘z materiallari uchun ko‘proq va shov-shuvliroq tafsilotlarni to‘qib chiqara boshlaydi.

    Maqolalardagi o‘ylab topilgan qahramonlar kurakda turmas turli xil qiliqlari bilan mushtariylarni hayratga solardi. Masalan, Respublika partiyasi yoshlar qanoti qurultoyidan tayyorlangan reportajda mast deligat a’zolari bir qizni qanday qilib o‘z xonasiga olib kirish va uni turli qiynoqlar bilan xo‘rlash haqida rejalar tuzganini “yoritib” bergan. Birgina 1990-yillar oxirida Stiven Glass muallifligada turli nashrlarda e’lon qilingan qisman yoki butkul yolg‘onga asoslangan materiallar soni 40 dan oshib ketgandi.

    Ularning ichida eng mashhuri Merilend shtatining Betesda shahrida bo‘lib o‘tgan xakerlar konferensiyasidan qilgan reportajidir. Glass bu maqolani boshdan oyoq to‘qib chiqqan. Aybini xaspo‘shlash maqsadida, maqolada tilga olingan, lekin mavjud bo‘lmagan kompaniya uchun soxta veb-sayt yaratadi, kompaniya direktorining tashrif qog‘ozini chop etadi va hatto akasini direktor nomidan qo‘ng‘iroqlarga javob berishga majbur qiladi. Lekin 1998-yilda Forbes jurnali muxbiri uning kirdikorlarini fosh qiladi va Stiven Glass The New Republic’dan sharmandalarcha bo‘shatiladi.

    Haydalganidan so‘ng qattiq tushkunlikka tushib qolgan jurnalist, psixoterapevt maslahati bilan, o‘zidan jabr ko‘rgan nashriyotlarga, muharrirlarga, maqolalaridagi qahramonlarga va boshqalarga o‘nlab kechirim maktublarini yozib chiqadi. Keyinroq huquqshunoslik diplomini olganiga qaramay, qora o‘tmishi tufayli undan foydalanolmaydi: komissiya Glassga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berishdan bosh tortadi.

    2003-yilda Glass “Uydirmachi” (The fabulist) nomli roman yozgan. Tanqidchilar kitobni keskin qarshi olgan. O‘sha yili Glass hayotiga bag‘ishlangan “Glass kirdikorlari” (Shattered Glass) filmi ham namoyish qilingan.

    2015-yilda Glass o‘zining nashriyotlardan olgan barcha gonorarlarini qaytarishini e’lon qilgan va The New Republic, Rolling Stone, Harper’s va boshqa bir qancha nashrlarga 200 ming dollar (foizi bilan) kompensatsiya to‘lab bergan. U o‘z xatolaridan o‘kinib, shunday deydi:

    Bilaman, pulni qaytarsam, qilmishim unutilib, aybim yuvilib qolmaydi. Lekin bu pullarga arzimayman, shuning uchun  qaytarishim kerak.

    Jek Kelli

    Jek Kelli jurnalistikaning haqiqiy yulduzi edi. 1993-yildan 2004-yilgacha USA Today nashrida faoliyat yuritgan jurnalist 1980-yillardan boshlab dunyoning deyarli barcha qaynoq nuqtalaridan reportajlarlar tayyorlagandi. Mehnatlari samarasi o‘laroq, besh marta Pulitser mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan (oxirgi marta 2002-yilda).

    Jek Kelli

    Jek Kelli
    Foto: “Theworldnews.com”

    Biroq 2004-yilda USA Today o‘zining yetakchi muxbirlaridan biri Jek Kelli gazetadagi faoliyati davomida kamida sakkizta maqolani qalbakilashtirgani haqidagi aybnomani e’lon qiladi.

    Nashr xodimlari o‘sha vaqtda 43 yoshda bo‘lgan jurnalist ishini atroflicha ko‘rib chiqadi. Tekshiruv davomida Kelli nafaqat sakkizta maqolani qalbakilashtirgani, balki boshqa nashrlardan ham 20 dan ortiq maqolalarni o‘g‘irlab, o‘zining nomidan e’lon qilgani fosh bo‘ladi. Bundan tashqari, u tekshiruv olib borayotgan jurnalistlar ishiga halal berishga uringan.

    O‘sha yilning yanvar oyida Kelli hamkasblarini chalg‘itish maqsadida gazeta tarjimoni bilan til biriktirganini tan olib, ishdan bo‘shashga majbur bo‘ladi.

    USA Today nashri yetti hafta mobaynida Kelli tomonidan 1993-yildan 2003-yilgacha yozilgan 720 dan ortiq maqolani o‘rganib chiqqan. Ulardan kamida 100 tasida qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yilgani oydinlashadi. Rasmiy hujjat materiallari, telefon suhbati yozuvlari, guvohlarning ko‘rsatmalari Kelli yozgan maqolaga qisman yoki butunicha to‘g‘ri kelmasa, o‘sha maqola uydirma deb topilgan.

    Nashrning uch nafar sobiq muharriri, taxminan, 20 soat davomida Kellini so‘roq qiladi, biroq Kelli o‘z aybini tan olmaydi va aybni boshqalarga yuklashga harakat qiladi.

    Kellining eng mashhur uydirmalari ichida Ozodlik orolidan AQShga qochishga urinayotib halok bo‘lgan kubalik ayol haqidagi hikoya ham bor. Jurnalist bu ma’lumotga AQSh qirg‘oqlariga yetib olish maqsadida qayiqda suzib ketayotib go‘yo cho‘kib ketgan ayol suratini ham ilova qilgandi. Nashriyot xodimlari 2004-yilda bu ayolni topishga muvaffaq bo‘lgan. Ayol nafaqat o‘lmagandi, balki Kubadan qochishga ham urinmagan bo‘lib chiqadi.

    Terrorchi o‘zini portlatib yuborganiga guvoh bo‘lgani haqida bergan ma’lumoti ham yolg‘on bo‘lib chiqadi. Ayon bo‘lishicha, u ta’riflagan shaxs terrorchi bo‘lishi mumkin emas. Kelli aynan shu material uchun Pulitser mukofotiga nomzodi qo‘yilgandi.

    Tergov natijalari jurnalistning Misr, Rossiya, Checheniston, Kosovo, Isroil va Pokistondan qilgan reportajlarini ham shubha ostiga qo‘yadi. Gazeta vakillarining asosli fikriga ko‘ra, Kelli reportaj materiallarini uzatayotgan vaqtda o‘sha mamlakatlarda hatto bo‘lmagan ham.USA Today muharrirlari yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgani uchun o‘z o‘quvchilaridan rasmiy ravishda uzr so‘ragan.

    21.02.2022, 08:16   Izoh (0)   85618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.