Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Damas avtomashinasi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, video yuzasidan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan. Qoidalarni qo‘pol tarzda chetlab o‘tgan Damas haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo‘llarda o‘zi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
- Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan Mercedes-Benz haydovchisiga chora ko‘rildi (video)
- Samarqandda avtobus tramvay yo‘lini kesib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlandi (video)
- Farg‘onada YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti’ni 14 yoshli o‘smir boshqargani aniqlandi
Izoh (0)