Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 14-fevral kuni fuqaro mahalladoshlari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 21:25 atrofida sodir bo‘lgan. Tumanning “Ko‘chkak” mahallasida yashovchi R.N.ni mahalladoshlari O‘.Sh., H.O., T.A. va Sh.O‘. telefon orqali chaqirgan. Uni O‘.Sh.ga tegishli Damas avtomashinaga mindirib, “Guliston” mahallasidagi dala maydoniga olib borgan. 4 nafar shaxs fuqaroni urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan 15-fevral kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Aka-uka ota-bolaga qarshi. Toshkentda yo‘l talashgan “Jiguli” va “Volga” haydovchilari hamda yo‘lovchilari janjallashdi
- Samarqandda bir guruh shaxslarni sababsiz urib, IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan 8 kishi qamoqqa olindi
- Surxondaryoda bir guruh yigitlar voyaga yetmagan bolani kaltaklab, IIBning ikki xodimiga ham tan jarohati yetkazdi
Izoh (0)