Daryo

Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan Mercedes-Benz haydovchisiga chora ko‘rildi (video)

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga muvofiq, bayonnoma rasmiylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish63 822 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Mercedes-Benz E 200 avtomobili haydovchisi yo‘lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan holda drift qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat 2022-yil 1-yanvar kuni soat taxminan 02:10 da Toshkent shahri Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Qoidabuzarlikni B.L. ismli fuqaro (1987-yilda tug‘ilgan) yuzaga keltirgan.

Holat yuzasidan B.L.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) 2-qismiga muvofiq, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ushbu qoidabuzarlik harakatlari bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar