• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerika va amerikaliklar haqidagi stereotip g‘oyalarga qarshi — Jim Jarmush filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    Jarmush ko‘pincha chet elliklar, sayoqlar va autsayderlarni o‘z filmlarining qahramoniga aylantiradi. Nima uchun? Nega ular tinimsiz sayohat qiladi? “Daryo” shu va boshqa savollarga javob tariqasida “Arzamas” onlayn-akademiyasining taniqli rejissorlar haqidagi turkumidan Jim Jarmush ijodiga oid materialni o‘zbek tilida havola etadi.

    “Siniq gullar” filmidan kadr, 2005-yil

    “Siniq gullar” filmidan kadr, 2005-yil
    Foto: Focus Features

    Jarmushning o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida suratga olingan o‘ttizga yaqin filmi meynstrimga ham, yashirincha meynstrimning bir qismi bo‘lishni istaydigan arthausga ham to‘g‘ri kelmaydi. Jarmushning o‘zi bu haqda shunday degan edi:

    Mustaqil kino... Bu so‘z ko‘nglimni aynitadi. Uni yoki uning sinonimi bo‘lgan “arthaus”ni eshitsam, qo‘lim to‘pponchaga yuguradi. Bugun bu so‘zlar mo‘mayroq pul ilinjida mahsulotga yopishtiriladigan yorliqlarga aylandi. Filmlarim — qo‘l mehnati mahsuli. Ular yarqiroq emas, balki qaysidir yerto‘lada bunyod qilinganday.
    Jarmush dunyosiga kirish uchun uning filmlari tafsilotiga nazar tashlashingiz, hikoyaga emas, balki ritmga asoslangan, she’riyat va musiqa qonuniyatlariga ko‘ra tuzilgan kompozitsiyaga ko‘nikishingiz kerak. Jarmush sujet uyg‘unligi va hikoya ravonligiga e’tibor bermaydi, epizodlarni ko‘pincha qisqa to‘xtalish, ya’ni qora kadr orqali bir-biriga ulaydi va Mikelanjelo Antonioni hamda Yasujiro Ozu uslubiga xos tarzda shtativga tik qotirilgan kamera bilan suratga olishni ma’qul ko‘radi.

    Adam Drayver (chapdan o‘ngga), Gulshifta Faraxoniy, Jim Jarmush

    Adam Drayver (chapdan o‘ngga), Gulshifta Faraxoniy, Jim Jarmush
    Foto: Getty Images

    Jarmush kinematografiyasi Amerika va amerikaliklar haqidagi stereotip g‘oyalarni inkor qilishga qaratilgan. Tomoshabin dunyoni g‘ayritabiiy qahramonlarning yot nigohlari orqali ko‘radi: begonalar, sayoqlar, so‘ngsiz va maqsadsiz sayohatga chiqqan xorijliklar. Hovlilar, abgor mayxonalar, tor kvartiralardan iborat bir qavatli Amerikaning fayzsiz bo‘shlig‘i oralab o‘tish ahamiyatsiz bo‘lgani kabi,maqsad ham aslida muhim emas. Notinch 1950 va 60-yillardagi bitniklar (shu yillari AQSh va boshqa G‘arb mamlakatlaridagi anarxistik isyonchi yoshlar harakati vakili — tahr.) vorisi bo‘lgan qahramonning ichki harakati muhim. Qahramon zamondan biroz orqada va shu boisdan voqealari ko‘pincha yarim tundan keyin sodir bo‘ladigan filmlarning umumiy xira manzarasini yoritib turuvchi yengil hajv yoki istehzo bilan namoyish qilinadi.

    Postmodern davri vakili hisoblangan Jarmush o‘zlashtirishdan tortinmaydi. Suhbatlaridan birida u shunday deydi:

    Original narsaning o‘zi qolmadi. Kayfiyatingga uyg‘un yoki tasavvurni jonlantiradigan har qanday narsani o‘mar. Eski filmlar, yangi filmlar, musiqa, kitoblar, suratlar, fotosuratlar, she’rlar, daraxtlar, bulutlar, orzular, nogoh quloqqa chalingan suhbatlar, binolar, ko‘priklar, yo‘l belgilari, suv, yorug‘lik va soyalarni o‘zlashtir. Faqat tanlaganing qalbingga mos tushsin.

    Nimadan boshlash kerak?

    2005-yilda Kann kinofestivalida Gran-priga sazovor bo‘lgan “Siniq gullar” (Broken flowers, 2005) komedik melodramadan boshlagan durust. Kartina “yangi to‘lqin” vakili sifatida qaraladigan fransuz rejissori Jan Estashga bag‘ishlangan. Uning “Onam va fohisha” (1973) nomli filmi garchi unda o‘sha isyonkor davrning aks-sadolari sezilmasa ham, 1968-yil voqealari haqidagi asosiy film sifatida baholanadi — Jarmush qahramoniga singdirilgan o‘zni yo‘qotganlik hissi bundan mustasno. Kartinadagi bosh qahramonlar — keksayib qolgan donjuan va ishi baroridan kelgan amerikalik kompyuter mutaxassisi Don Jonston. Rol Jarmushning sevimli aktyori Bill Myurrey uchun maxsus yozilgan. Uning tashqi xotirjamligi rejissor tasavvuridagi o‘ta odmi aktyorlik ijrosi idealiga mos keladi, dramatik va hajviy uslubni uyg‘unlashtirish qobiliyati esa Jarmush juda yoqtiradigan, ayniqsa, ushbu filmda sezilgan janr stereotiplarining istehzoli o‘yiniga mutanosibdir.

    Filmda Jarmushga xos kompozitsiya qo‘llangan: u alohida miniatyura qismlarida qahramonning o‘z o‘tmishiga qilgan sayohati ko‘rinishida qurilgan. Sujetning asosiy intrigasi — qahramonning ichki holati, zohidona, qotib qolgan hayot va ekzistensial inqiroz yo‘lini yengib o‘tish. To‘rt nafar sobiq ma’shuqa bilan kechgan uchrashuvda (mazkur epizodik rollar Sheron Stoun, Jessika Leng, Tilda Suinton, Frensis Konroy tomonidan ijro etilgan) Donni o‘zini o‘tmish sarguzashtlariga qaytishga majbur qilgan savolga javob topolmaydi: kutilmaganda uning o‘g‘li ekanini aytgan kishining onasi kim? Undagi hikoyalar tafsiloti, filmni butunicha olganda ham to‘la ochiqlanmaydi. Qahramon esa Jarmush odatiga xos tarzda ikkilanishlar ichida qoladi.

    Keyin nimani ko‘rish kerak?

    Jarmush janrlarni o‘yin qilishni yaxshi ko‘radi. “It arvohi: samuray yo‘li” (Ghost dog: the way of the samurai, 1999) filmida u amerikalik gangsterlar va yapon samuraylari hayotini aks ettiruvchi kino etikasi hamda estetikasini kesishtiradi. Chigal bayon qilish yo‘sini ortida Jarmush kinematografiyasiga singib ketgan fikrni uqib olish oson: qahramon bosib o‘tayotgan yo‘lning maqsad va mazmuni unga ma’naviy yaqin bo‘lgan odamlar bilan muloqotda oydinlashadi.

    Undan so‘ng vampirlar haqidagi “Faqat oshiqlar tirik qoladi” (Only lovers left alive, 2013) melodramasini tomosha qilish mumkin. Unda davrlar osha sayohatga chiqqan Odam (Tom Hiddlston) va Havo (Tilda Suinton) ismli vampirlar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Ularga Shekspirning zamondoshi, dramaturg Kristofer Marlo hamroh bo‘ladi. “O‘liklar o‘lmaydi” (The dead don’t die, 2019) nomli postapokaliptik zombi trillerida Bill Myurrey o‘ziga xos bo‘lmagan politsiyachi obrazida ko‘rinish beradi, zombi epizodik rollari esa musiqachilar Iggi Pop va Tom Ueyts tomonidan ijro etilgan.

    Jim Jarmush dunyosiga joylashib olganingizdan so‘ng ijod yo‘lining boshlanish bosqichiga, eng avvalo, “Qonundan tashqarida” (Down by law, 1986) kriminal komediyasiga murojaat qilishingiz mumkin. U “Jannatdan g‘aroyibroq” (Stranger than paradise, 1984) dramasi bilan boshlanib, “Sirli poyezd” (Mystery train, 1989) filmi bilan yakunlanuvchi trilogiyaning bir qismi hisoblanadi. “Jannatdan g‘aroyibroq” kartinasi Kann kinofestivalida “Oltin kamera” mukofotini, Lokarnoda esa “Oltin leopard”ni qo‘lga kiritgan. Shu uch kartinada Jarmush uslubi yuzaga chiqqan: har birida bosh qahramon chet ellik. Biz ular bilan Nyu-York tomorqasidan qorli Ogayoga, quyoshli Floridaga yoki Yangi Orleanga yo‘l olamiz. Har safar ekranda ogayolik Jarmushning bolalik xotiralaridan qolgan qandaydir umumlashtirilgan, ovloq, qiyofasi bir qadar o‘zga Amerika namoyon bo‘ladi. Bu Amerika u yerga qadami yetmagan odamlar tasavvuridagi jannatga o‘xshamaydi, lekin uning o‘ziga xos jozibasi, sirli nafosati film qahramonlarini shu yerdan boshpana topishga undaydi.

    Jarmush Yangi Orleanda hech qachon bo‘lmagan, lekin mahalliy musiqa madaniyati va tarixini hisobga olib, “Qonundan tashqarida” voqealarini o‘sha yer bilan bog‘lashga qaror qiladi. Musiqa sutenyor Jek rolini o‘ynagan Jon Luri tomonidan yozilgan, dijey Zak rolini esa aktyor, kompozitor va qo‘shiqchi Tom Ueyts ijro etgan. Ularning nohaq hibsga olingan qahramonlari ingliz tilini bilmaydigan italiyalik Roberto (Roberto Benigni) bilan bitta kamerada turadi. Umidini yo‘qotmagan italyan o‘z kameradoshlarini “Shamancha raqslar” o‘yiniga jalb qilib, shu orqali muloqot o‘rnatadi. Amerika kinolaridagi kabi dohiyona darajada oddiy qochish rejasini ham u o‘ylab topadi; u, chet el fuqarosi, hayotda ham shunday bo‘ladi, deb o‘ylashi tabiiy edi. Tushkunlikka berilib, oromini yo‘qotgan amerikaliklar bu diyorni yer yuzidagi jannatga qiyoslovchi stereotipik g‘oyalarni yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lsa, sirtdan qaragan odam unda bebaho tortiqlarni va cheksiz imkoniyatlarni kashf eta oladi.

    Endi “Murda” (Dead man, 1995) nomli mistik vesternga o‘tsa bo‘ladi. Nil Yangning gipnozga soluvchi gitara akkordlari film shiddatini belgilab beradi. Kartina oddiy hikoya va Jarmushning sevimli metaforasiga asoslangan: hayot — bu sayohat, ayni vaqtda o‘z madaniyatidan uzilib qolgan ikki yolg‘iz odam buni amalga oshirmoqda. Yosh hisobchi Uilyam Bleyk (Jonni Depp) va’da qilingan ishga joylashish umidida g‘arbga yo‘l oladi. U yerda bema’ni tasodif tufayli qotillikda ayblanib, qidiruvga beriladi. Ko‘ksidan yaralangan qahramonni o‘zini Hech kim deb atovchi hindu (Geri Farmer) topib oladi. Hindu notanish odamni qayta dunyoga kelgan ingliz shoiri Uilyam Bleyk sifatida qabul qiladi. Jarmush oq tanlilar bilan ko‘rishib, qabilasiga qaytgach, yaqinlari tomonidan o‘ldirib yuborilgan hindular haqida eshitgandi. Shunga ko‘ra, Hech kim — o‘zining oq tanli do‘sti kabi darbadar. Qonunbuzar maqomidagi ikki hamroh “barcha ruhlar o‘sha yerdan yo‘lga chiqib, yana o‘sha yerga qaytuvchi” maskanga sayohat qiladi.

    Oxirida Jarmushning “Paterson” (Paterson, 2016) nomli eng sokin filmini tomosha qilishingiz mumkin. Unda bosh qahramonning familiyasi ham, u yashayotgan shaharchaning nomi ham Paterson. Shuningdek, yaqin o‘tmishda Uilyam Karlos Uilyams tomonidan yozilgan poema ham shu nomda edi.

    Bu bir xilliklar (Jarmushga xos usul) filmning ichki tuzilishini tashkil qiladi. Shaharchadagi zerikarli hayotni doimiy kuzatib yurgan avtobus haydovchisi va shoir Patersonning ko‘zlari bilan biz kundalik narsalarda, ularning takrorlanishi va davriyligida she’riyatni ko‘ra boshlaydi. Bu orqali, bizga takroriy bo‘lib ko‘rinayotgan voqealarning har biri aslida betakror ekanligi ochib berilgan. Jarmushning eng shoirona asari yettita she’riy band — Paterson hayotidan yetti kun ko‘rinishida ishlangan. Qahramonidagi shoirlarga xos g‘ayrioddiylikka atayin urg‘u berish orqali, Jarmush Adam Drayverda “Siniq gullar”dagi Bill Myurreyni eslatib yuboruvchi mukammal ijroni kashf qilgan. Nihoyat rejissorning sevimli usullaridan biri o‘laroq (tort ustidagi olcha kabi) ayni avj nuqtasida yaponiyalik turist — chigallikdan olib chiquvchi sirli xabarchi paydo bo‘ladi. Jarmush o‘zining ijodiy tamoyilini o‘zgartirmay, har safar uni yuzaga chiqarishning yangi yo‘sinini o‘ylab topadi. “Paterson” buni yana bir bor tasdiqlaydi.

    Qaysi filmdan boshlamaslik kerak?

    Jarmush ijodi bilan tanishishni o‘n bir hikoyadan iborat “Qahva va sigaretlar” (Coffee and Cigarettes, 2003) almanaxidan boshlamaganingiz yaxshi. U o‘zining sevimli aktyorlarini turli qahvaxonalarda bir finjon qahva va sigaret ustida suhbatlashtiradi. Bu suhbatlar odatga ko‘ra hech nima bilan tugamaydi. Ushbu film tomoshasini keyinga surib, Jarmushning boshqa filmlaridagi tanish aktyorlarning yangi va ko‘pincha noodatiy qiyofalaridan zavqlaning.

    “Nazorat chegarasi” (The limits of control, 2008) kartinasi haqida ham xuddi shu gapni aytish mumkin. Ushbu ayg‘oqchilik ruhidagi detektiv film Ispaniyada suratga olingan bo‘lib, operator Kristofer Doyl uni Jarmushning eng go‘zal kartinalaridan biriga aylantirgan. Lekin asar falsafiy mazmundagi ko‘plab iqtiboslarga to‘la, shu sababli asl manbalarni aniqlashtirib olgandan so‘ng tomosha qilish maqsadga muvofiq.

    Mavzuga doir: 

    • “Uni masxaraboz deb bilishardi. Lekin u ritsar edi”. Charli Chaplin filmlarini qanday ko‘rish kerak?
    • “Va’z o‘qishni bas qiling! Undan ko‘ra yomg‘ir ovozini jimgina tinglash qiziqroq!”. Akira Kurosava filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    19.02.2022, 20:13   Izoh (0)   37802
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 5 iyun, 10:07

    Tinch okeanida 3000 ta avtomobil ortilgan kema yonmoqda (video)

    Dunyo | 5 iyun, 10:04

    Katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan — “O‘zbektelekom” Humans ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:55

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Har kuni bir piyola qahva ichish qariganda sog‘lom bo‘lish ehtimolini oshiradi — 30 yillik tadqiqot

    Salomatlik | 5 iyun, 09:32

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:08

    Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

    Sport | 5 iyun, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.