• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Rostov”, “Roma”ga o‘tish, Mourinyo, muvaffaqiyat siri, O‘zbekiston va Italiya mentalitetidagi farq haqida. Eldor Shomurodov UEFAga intervyu berdi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov UEFA rasmiy saytiga katta intervyu berdi. Shomurodov intervyuda bolaligi, orzusiga qanday yetgani, faoliyati, o‘zbek va italyanlarning turmush tarzi, O‘zbekistondagi maqomi hamda bir qator boshqa mavzular haqida gapirdi.

    Foto: Getty Images
    Jarqo‘rg‘onda o‘tgan bolaligi haqida

    Oilamizda ko‘pchilik futbol o‘ynagan. Otam futbolchi bo‘lgan, bobom esa murabbiy. Shuningdek, amakilarim ham millionlar o‘yini vakillari hisoblanadi. Shu bois bolalikdan futbolga qiziqishim bo‘lgan. Yetti yoshdan boshlab tengqurlarim bilan mashg‘ulotlarga borishni boshlaganmiz. 12-13 yoshimda esa qo‘shni viloyatdagi “Mash’al” akademiyasiga borganman. U yerda professional tarzda futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Shundan keyin “Bunyodkor”ga taklif qilindim va u yerda O‘zbekiston chempionatida o‘ynay boshladim.

    “Mash’al” akademiyasi va futbolchi bo‘lishida oilasining o‘rni haqida

    Oilam har doim menga yordam bergan. Har doim, hatto yutqazgan paytlarimda ham qo‘llab-quvvatlagan. O‘sha paytlari o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘lgan, chunki uydan ketganimda juda kichkina edim. Oilamni sog‘inardim, lekin boshqa yo‘l yo‘qligini yaxshi tushunardim. Harakatlarim har doim uydagilarim tomonidan qo‘llab-quvvatlanardi. Muborakda yozda sahrodagidek issiq, qishda esa juda sovuq bo‘lardi. Lekin u yerdagi murabbiylar va akademiya juda yaxshi edi. Futbolchilar uchun esa sharoitlar yetarli darajada, shuning uchun chidash va ishlashimiz kerak edi.

    Orzusi haqida

    “Mash’al”da asosiy jamoa o‘ynaganida, biz bolalar bilan ularga to‘p uzatib turardik. O‘shanda men ham shunday darajaga chiqaman deb orzu qilardim. Tezroq jamoa safida shu maydonda o‘ynashim uchun o‘sishni xohlardim. Jiddiyroq o‘ynay boshlaganimda esa yanada ko‘proq o‘sishim va boshqa futbol muhitiga intilishim kerakligini tushuna boshladim. Uyga kelganimda doim Yevropa futbolini tomosha qilardik. Yaqinlarim ham u yerga borib o‘ynashga intilishim kerakligini aytardi. Shu tariqa Yevropada o‘ynash orzusi paydo bo‘lgan. Uni amalga oshirishga intildim va yakunda muvaffaqiyatga erishdim.

    Bolalikdagi kumirlari haqida

    Didye Drogba va Fernando Torres. Ularning o‘yinini juda yaxshi ko‘rardim va har doim kuzatishga harakat qilganman.

    “Chelsi”ga muxlislik qilgani haqida

    Avval “Chelsi”ning muxlisi edim. Hozir esa “Roma”ga muxlislik qilaman.

    O‘zbekistonda qahramon sifatida ko‘rilishi va bu maqom u uchun nimani anglatishi haqida

    Bu men uchun katta ahamiyatga ega. Buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Bunchalik erta sardor bo‘laman va terma jamoa uchun shu qadar muhim futbolchi bo‘laman deb o‘ylamagandim. Hozir bizda avlodlar almashinuvi jarayoni kechyapti, jamoaga yosh o‘yinchilar kelmoqda men katta futbolchi sifatida ularga o‘rnak bo‘lishim kerak, shuning uchun bu men uchun juda muhim.

    Vatani qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi haqida

    Vatanimni juda yaxshi ko‘raman. Men uchun mamlakat ham, O‘zbekiston terma jamoasi ham juda muhim. Terma jamoaga chaqirilgan vaqtimda vatanimga boraman, yoki ta’til paytida. Boshqa paytda bunga vaqt topa olmayman. O‘zbekistonni, ota-onamni sog‘inaman, albatta.

    Ilyos Zeytullayevdan keyin A Seriyadagi ikkinchi o‘zbekistonlik ekanligidan faxrlanishi haqida

    Albatta, bundan faxrlanaman, bu juda yoqimli. Lekin bizda ushbu darajada o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. Ularning ham shu yerda harakat qilishlarini istardim. Imkon qadar ko‘proq o‘yinchilarimizning Yevropada bo‘lishini xohlayman. Bu butunlay boshqacha futbol, ​​boshqa tezlik. Bu yerda o‘rganish mumkin bo‘lgan ko‘p narsa bor. Futbolchilarimiz Yevropada qancha ko‘p bo‘lsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi bo‘ladi.

    “Rostov”dagi faoliyati haqida

    Birinchi yil unchalik yaxshi o‘tmagan. Moslashuv jarayoni bo‘lgandi. Keyin ko‘nikib ketdim. Butunlay boshqacha futbol bo‘lgan, nisbatan, Yevropaga yaqinroq. Bosh murabbiy Valeriy Karpin katta yordam bergan, u o‘zimga bo‘lgan ishonchimning oshishida katta ish qilgan va hammasi yaxshi rivojlangan.

    Foto: Twitter/@rostovfc
    “Jenoa”ga o‘tish va yana boshqa mamlakatga ko‘chish haqida

    “Rostov”da oxirgi yillarni juda yaxshi o‘tkazdim. Faqat oxirgi olti oy davomida yomon o‘ynadim. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Lekin Yevropada o‘ynash istagi so‘nmagan. Oson bo‘lmadi. Gol urmaganingizdan keyin Yevropaga chiqish qiyin. Ammo “Jenoa” menga ishondi, buning uchun klubga rahmat. Ular meni “Rostov”dan sotib oldi. U yerga o‘tishga rozi bo‘ldim, chunki bu Yevropada o‘ynash orzum sari ilk qadam edi.

    Top-klubda emas, balki tarkibga kirishim mumkin bo‘lgan joydan boshlash muhim bo‘lgan. Birinchi yil og‘ir o‘tdi. Rossiya va O‘zbekistonda mentalitet o‘xshash, Yevropada esa butunlay boshqacha. Shuning uchun, dastlabki ikki-uch oy oson bo‘lmadi, ammo keyin ko‘nikishni boshladim. Hozir bu yerdagilar qanday fikrlashi haqida yaxshi tasavvurga egaman.

    Mamlakatlar madaniyati orasidagi farq haqida

    Rossiya va O‘zbekistonda hamma narsa haftasiga yetti kun ishlaydi. Bu yerda esa shanba va yakshanba kunlari hech narsa ishlamaydi, hamma dam oladi. Butunlay boshqa madaniyat, boshqa til. Odamlar ham boshqacha o‘ylaydi.

    Italiyadagi futbol Rossiya va O‘zbekistondagidan nimasi bilan farq qilishi haqida

    Avvalo, bu yerda yuqori tezlik hukm suradi. Italiyada kuchga asoslangan futbol ustunlik qiladi. Futbolchilarning mahorati ham, albatta, yuqoriroq.

    Yangi bosqichga chiqish uchun nima qilgani haqida

    Avvalo, tezlik qo‘shish muhim edi. Faqat harakatda emas, balki fikrlashda ham. Italiyaga ko‘chib o‘tganimda, xotirjam o‘ynab ketaman deb o‘ylagandim, lekin mashg‘ulotlardayoq kechikayotganimni his qila boshladim. Himoyachilar meni yopib qo‘yardi, doimo oyog‘imga zarba qabul qilardim va bu borada nimani qo‘shishim kerakligini aniq tushunib yetdim.

    Foto: Getty Images
    Qaysi fazilatlari unga muvaffaqiyat olib kelgani haqida

    Qiyin savol. Menimcha, bu birinchi navbatda sabr-toqatga bog‘liq. Boshida qiyin bo‘lganida, o‘zimga bu mening darajam emasligini aytib, orqaga qaytishim mumkin edi. Lekin sabr qildim. Hammasi amalga oshishini bilardim. Sabr qilganim uchun hozir ishlarim joyida.

    “Roma” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanini bilganida nimalarni his qilgani haqida

    Mentalitetimni o‘zgartirishim kerakligini tushunganman. Har bir o‘yinga g‘alaba qozonish haqidagi o‘ylar bilan tushish kerak. Jamoa o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yishini bilardim. Bu yerda raqobat ham ancha jiddiy. Har bir uchrashuvda o‘zingning tarkibga loyiq ekaningni isbotlashing kerak.

    Joze Mourinyo bilan birga ishlash qandayligi haqida

    U o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygani va shu maqsadlarni amalga oshirishga kirishgani ilk kunlardan ma’lum bo‘ldi. O‘yin va intizom borasida juda talabchan. U har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaydi va o‘yinchilarning ham shunga intilishiga harakat qiladi.

    Joze Mourinyo Eldor Shomurodovga ko‘rsatma bermoqda

    Joze Mourinyo Eldor Shomurodovga ko‘rsatma bermoqda
    Foto: Getty Images
    Mourinyoning o‘z vaqtida Drogbani dunyoning eng yaxshi hujumchisiga aylantirgani va hozirda unga qanday yordam berayotgani haqida

    Hozir ko‘proq taktika ustida ishlayapmiz. U bizga ko‘p narsalarni ko‘rsatadi va har bir o‘yinda borimizni berishimizni talab qiladi. Albatta, o‘z navbatida ko‘proq gol urishimizni ham so‘raydi.

    Konferensiyalar Ligasidagi golidan keyin nimalarni his qilgani haqida

    Bu “Roma” safidagi ilk rasmiy o‘yinim edi (UEFA Konferensiya Ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Trabzonspor”ga qarshi safarda kechgan o‘yin). Menimcha, o‘shanda meni almashtirishga tayyorgarlik ko‘rishayotgandi. Debyut uchrashuvimda gol urganimdan va jamoaga Konferensiya Ligasiga chiqish imkoniyatini berganimdan xursand bo‘lganman. Bu juda yoqimli tuyg‘ular.

    O‘sha golini buvisiga bag‘ishlagani haqida

    O‘sha kunlarda uning tug‘ilgan kuni edi. Buvimni shu tarzda tabriklamoqchi edim. U meni har doim qo‘llab-quvvatlaydi, barcha o‘yinlarimni kuzatib boradi. Butun oilam — ota-onam, buvim va rafiqam har doim o‘yinlarimni kuzatadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ushbu mavsumda o‘z oldiga qanday shaxsiy va jamoaviy maqsadlar qo‘ygani haqida

    Birinchi navbatda — Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozonish. Bular asosiy maqsadlarimiz. Shaxsiy ambitsiyalarga kelsak, ular doimo jamoaniki bilan bog‘liq. Jamoaga g‘alaba qozonish va sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam bermoqchiman. Jamoa g‘alaba qozonsa, siz ham g‘alaba qozonasiz.

    Eldor Shomurodov, futbolchi

    Mavzuga doir:

    • Eldor Shomurodovning “Lechche” darvozasiga kiritgan to‘pi “Roma”ning yanvar oyidagi eng chiroyli goli deb topildi (video)
    • Serquyosh Jarqo‘rg‘ondan ko‘hna Rimgacha. Eldor Shomurodov bosib o‘tgan yo‘l

    16.02.2022, 23:47   Izoh (0)   38653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pekin—2022. Medallar reytingi yetakchisi Norvegiyada oltinlar soni 13 ta yetdi, Xitoy 4-o‘ringa ko‘tarildi

    16.02.2022, 21:50

    Karim Benzema Chempionlar Ligasida Tyerri Anrining rekordini takrorladi

    16.02.2022, 18:34

    Bellinghemdan Fatigacha. Dunyoning eng istiqbolli yosh futbolchilari reytingi e’lon qilindi

    16.02.2022, 16:37

    Maurisio Pochettino Chempionlar Ligasida “Real”ga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi

    16.02.2022, 15:39

    “Bavariya”ning uch futbolchisiga o‘lim bilan tahdid qilindi

    16.02.2022, 14:43

    Lionel Messi 4 yildan beri “Real”ga gol ura olmayapti

    16.02.2022, 11:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.