Pekin—2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida 16-fevral, chorshanba kungi bahslar yakunlandi.
Olimpiadaning 12-kungi bahslaridan so‘ng medallar reytingida Norvegiya hamon yetakchilikda davom etmoqda. Norveglar hisobida 13 ta oltin, yettita kumush va sakkizta bronza mavjud.
Ikkinchi o‘rinda Germaniya qayd etilgan bo‘lsa, AQSh kuchli uchlikni yakunlab berdi. Mezbonlar to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi.
Olimpiadada O‘zbekiston nomidan qatnashgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev 16-fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha slalom musobaqasida qatnashdi. To‘xtayevning slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Komiljon avvalroq gigant slalom bahslarini 29-pog‘onada yakunlagandi.
Medallar reytingi (top-10):
1. Norvegiya – 13-7-8 (28)
2. Germaniya – 10-6-4 (20)
3. AQSh – 8-7-4 (19)
4. Xitoy – 7-4-2 (13)
5. Avstriya – 6-7-4 (17)
6-7. Shvesiya – 6-4-4 (14)
6-7. Niderlandiya – 6-4-4 (14)
8. Shveysariya – 5-0-5 (10)
9. ROQ (Rossiya) – 4-8-12 (24)
10. Fransiya – 4-7-2 (13)
Izoh (0)