Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi 15-fevralgacha saqlanib qolishini ma’lum qildi.
13-fevral soat 08:00 dan 14-fevral soat 08:00 gacha ushbu hududda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi. Vazirlik qor ko‘chkisi xavfi 15-fevral soat 08:00 gacha saqlanib qolishini ma’lum qildi.
“Hurmatli fuqarolar, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va ‘Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud’ belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, — deya ogohlantiradi FVV.
Avvalroq O‘zbekistonning qator hududlarida 14-fevral kuni qor yog‘ishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)