Daryo

Foto: Amirsoy dam olish maskanida yuz bergan qor ko‘chkisi

Dam olish sihatgohi kuchli qor bo‘ron kuzatilishi to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi xati asosida maskanga aholini vaqtincha qabul qilmagan

1 daqiqa o‘qish89 388 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook / Albert Popov

Amirsoy dam olish maskanidagi kanatlar oldiga 19-yanvar kuni kechga tomon katta masshtabda qor ko‘chkisi tushdi.

Foto: Facebook / Albert Popov

Chimyon qor ko‘chki stansiyasi kuzatuvchisi Albert Popovga ko‘ra, ushbu hodisadan hech kim zararlanmagan. Qor ko‘chki stansiyasi kuchli qor bo‘ron kuzatilishi to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi xat asosida, dam olish sihatgohi, aholini vaqtincha qabul qilmagan.

FVV xizmati qor ko‘chki atrofini zudlik bilan ogohlantiruvchi to‘siqlar bilan o‘rab olgan.

Foto: Facebook / Albert Popov

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Amirsoy dam olish maskaniga yaqin hududlarda 16-yanvarda ikkita katta hajmda qor ko‘chkilar kuzatilgan. Qor ko‘chkilaridan talafotlar bo‘lmagan.

“O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, 19-yanvar kuni Amirsoy dam olish maskanida kuchli qor bo‘ronlar kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston tog‘li hududlarida 19-yanvargacha qor ko‘chishi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir: Video: Qordan tozalanayotgan Qamchiq dovoni yo‘llari

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar