Toshkent shahri Mirobod tumanida 12-fevral kuni Malibu haydovchisi piyodani urib ketdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni taxminan soat 23:00 da tumanning Yangi Qo‘yliq ko‘chasida I.A. ismli haydovchi Malibu avtomobilini boshqarib borayotib piyodani (45 yoshli) urib yuborgan.
Oqibatda fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston yo‘llarida: Qamchiqda Epica xandaqqa tushib ketdi, Sirdaryoda Isuzu ag‘anadi
- Namanganda bir Nexia ag‘anadi, boshqasi esa piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi. Yo‘llardagi baxtsiz hodisalar tafsilotlari
- Toshkentda avtomobil siqib ketgan avtobus ustunga urildi, Farg‘onada Lacetti yo‘ldan chiqib ketdi. YTHlar tafsilotlari
Izoh (0)