“Real” “Borussiya D” hujumchisi Erling Holandga yozda uni sotib ololmasligini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Ruhr Nachrichten.
Qayd etilishicha, “Real” prezidenti Florentino Peres norvegiyalik hujumchiga klub uni yozda sotib olishga imkoni yo‘qligini aytgan va undan 2023-yil yoziga qadar “Borussiya” safida qolib turishni so‘ragan.
“Qirollik klubi”ning yozdagi asosiy maqsadi — “PSJ” futbolchisi Kilian Mbappeni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish. Madridliklar moliyaviy sabablarga ko‘ra, ikkala yulduzni bir transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib ololmaydi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil yozida Holandning “Borussiya D” bilan shartnomasida 75 million yevrolik tovon puliga sotib olish mumkinligi haqidagi band faollashadi.
Holand 2021/22-yilgi mavsum “Borussiya D”ning barcha musobaqalardagi 20 ta o‘yinida ishtirok etib, 23 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)