O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022-yilda gidroenergetika sohasida umumiy quvvati 173 megavatt bo‘lgan 7 ta loyiha ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yilda gidroenergetika sohasida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:
- Samarqand viloyatida 3 ta yangi gidroelektr stansiya quriladi;
- Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi mavjud 4 ta gidroelektr stansiya modernizatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2030-yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvati 3416 megavattga (+66,5 foiz) yetkaziladi.
Shuningdek, yaqin besh yil ichida O‘zbekistonda umumiy quvvati 740 megavatt bo‘lgan 21 ta yirik GESlarni qurish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)